Xalq ta’limi vazirligida Jahon banki bilan hamkorlikda “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o’tkazildi.
Loyiha respublikamizning 7ta viloyatida markazdan uzoq, chekka hududda joylashgan 1501ta umumta’lim maktabi va 598ta maktabgacha ta’lim muassasasini qamrab olgan. Ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ajratilgan mablag’lar hisobidan mazkur ta’lim dargohlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Taqdimot davomida loyihaga ko’ra 5 yo’nalishda olib borilgan ishlar, erishilgan natijalarga to’xtalib o’tildi.
Dars jarayonida interaktiv vositalardan foydalanish holatining yaxshilangani, o’quvchilar o’zlashtirish darajasining oshgani, bo’sh vaqtning mazmunli o’tkazilayotgani hamda o’quvchilarning kasb-hunar egallashlari uchun sharoit yaratilgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, rahbar va pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan o’quv mashg’ulotlarda bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan yondashuv hamd
...
Davomini o'qish »