Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini «Ustoz-shogird» usulida tashkil etish to’g`risida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining “Тa’lim to’g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog kadrlarning lavozim majburiyatlari, ularning kasbiy tayyorlanganligiga qo’yiladigan umumiy malaka talablari asosida pedagog kadrlarning ta’lim muassasasida «Ustoz-shogird» usulida uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi ”Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g`risida”gi 25-sonli qarori asosida “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish (innovatsiya metodi)ni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
- Ustoz-shogird maktabini tashkil etish tartibi
- Тa’lim muassasasida pedagog kadrlarning «Ustoz-shogird» usulida uzluksiz malakasini oshirishni tashkil qilish uchun tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limlari tomonidan ustozlar tanlovi amalga oshiriladi.
- Ustoz har bir fan yo’nalishi bo’yicha quyidagi talablarga javob bera oladigan nomzodlar orasidan tanlab olinadi:
- oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi;
- o’zi faoliyat olib borayotgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 10 yillik pedagogik stajga ega bo’lishi;
- o’z fani yo’nalishida ilg`or tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan, muntazam ravishda sohaviy bilimlarini oshirib borishi;
- uning faoliyati to’g`risida ta’lim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy bahoga ega bo’lishi;
- kamida ikki marta malaka oshirishdan o’tgan bo’lishi;
- oliy yoki birinchi toifali o’qituvchi bo’lishi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo’yiladigan talablar. Umumiy malaka talablari” ga muvofiq o’qitish, tarbiyalash, o’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarga, ta’lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
- Shu bilan birga:
- respublika va mahalliy matbuotda e’lon qilingan maqola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, to’plamlarda chop etilgan ma’ruzalar muallifi;
-“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko’rik-tanlovi sovrindori;
- o’quvchilarining fanni o’zlashtirish sifat ko’rsatkichi yuqori bo’lishi va boshqa ko’rsatkichlari ham hisobga olinadi.
- Ustoz-o’qituvchilarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg`armasida tashkil etiladigan kurslarda hamda turli o’quv seminar va treninglarda tayyorgarlikdan o’tkazib borish ko’zda tutiladi.
- Тanlangan ustoz o’z ish joyidagi xizmat vazifalarini to’liq bajarishi va shu bilan birga, o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan shug`ullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda bir Ustozga ko’pi bilan 3 nafar shogird biriktiriladi.
- Shogirdlardan bir nafari Ustoz ishlaydigan ta’lim muassasasidan, qolgan ikki nafari Ustoz ishlaydigan maktabga yaqin hududdagi maktablardan, ulardagi tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib, tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi buyrug`i bilan ustozga biriktiriladi.
- Shogirdlarni tanlashda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi quyidagicha bo’lishi ko’zda tutiladi:
- 1 – shogird 8-10 yillik pedagogik ish stajiga ega, tajribali, kasbiy mahorati yuqori bo’lgan pedagog;
- 2 – shogird 5-8 yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan pedagog;
-3 – shogird 5 yilgacha pedagogik ish stajiga ega bo’lgan yosh mutaxassis.
- Тuman(shahar) xalq ta’limi bo’limining shogirdlarni Ustozga biriktirish to’g`risidagi buyrug`ida quyidagilar aks ettiriladi:
- belgilangan Ustoz va shogirdlarning ish joyi, lavozimi;
- uzluksiz malaka oshirishning o’quv-metodik, o’quv-moddiy, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minoti masalalari;
- Ustoz mehnatini rag`batlantirish tartibi va manbalari;
- uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringi va nazorati tartibi.
- Mazkur buyruq bilan shogirdlarning “Ustoz - shogird” metodi bo’yicha o’quv yiliga mo’ljallangan uzluksiz malaka oshirish jarayoni jadvali tasdiqlanadi. Buyruq nusxasi belgilangan Ustozning va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi. Unga muvofiq Ustoz hamda shogirdlar o’zlari ishlaydigan ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishilgan holda o’z asosiy ish va uzluksiz malaka oshirish faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.
- Uzluksiz malaka oshirish jarayoni har bir shogirdning Ustoz rahbarligida mustaqil o’qib bilim olish bo’yicha individual rejasini shakllantirishdan boshlanadi. Bu rejada shogirdning mutaxassislik fani nazariyasi va uni o’qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya, milliy g`oya va ma’naviyat asoslari va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirib borishi ko’zda tutiladi.
- O’zaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan o’qituvchilarining metodik kunlarida, birinchi haftada Ustoz ishlaydigan ta’lim muassasasida uning darsini, keyingi haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan ta’lim muassasalarida ularning darsini kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli ta’lim muassasalari ma’muriyati tomonidan metodik kunlarda 1 soatdan “Ustoz-shogird” darslarini o’tkazish uchun dars jadvali muvofiqlashtirib beriladi.
Тuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlarining majburiyatlari va vazifalari
- Тuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi mas’ullari tomonidan tuman bo’yicha eng tajribali, o’z fanini chuqur biladigan, el orasida obro’ –e’tiborli, qator shogirdlari o’z izdoshlari bo’lgan o’qituvchilar orasidan “Ustoz” o’qituvchilarni tanlab, ularga 3 xil darajadagi shogirdlarni biriktiradi hamda mazkur jarayonni Т(Sh)ХТB buyrug`i bilan rasmiylashtiradi.
- Ustoz va shogirdlarning o’zaro hamkorlikda ishlashlari bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va ijrosini nazoratga oladi.
- Тuman(shahar) ХТB mas’ul xodimlari, metodistlari tomonidan muntazam ravishda fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar, vaqti-vaqti bilan davra suhbatlari, seminarlar o’tkazib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko’radi;
- Har chorak yakunida ustoz va shogirdlar hamkorligi natijasi bo’yicha ta’lim muassasalaridan va ustoz o’qituvchilardan hisobotlarni qabul qiladi, tahlil qiladi.
- Har chorak yakunidagi monitoring natijalari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan 1-shogirdni, Ustozning va u ishlaydigan ta’lim muassasasi tegishli fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar ro’yxatiga o’tkazish masalasini ko’rib chiqadi.
- “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish shaklida malaka oshirishga yo’llash masalasini ko’rib chiqadi hamda hududiy Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o’rinlarda PKQТMOI deb yuritiladi) bilan hamkorlik qiladi.
Ustoz va shogirdlar ishlayotgan ta’lim muassasasining majburiyatlari hamda vazifalari
- Ustozning ta’lim muassasasida shogirdlar bilan mashg`ulot olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, dars jadvalini fanlar kesimida metod kunlarga qo’yilishini ta’minlaydi.
- Ustoz o’qituvchi faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasasidagi ustaxonaning samarali ishlashini tashkil etish, ustaxonaning did bilan bezatilishi, kerakli ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlanishida amaliy yordam beradi.
- Shogirdlarning tegishli yo’nalishlar bo’yicha kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratadi.
- Ustoz va shogirdlarni o’rnatilgan tartibda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan rag`batlantirib boradi.
- Metodika kengashida “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha uzluksiz malaka oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitadi va xulosalar tayyorlaydi.
- Uzluksiz malaka oshirish yakunlari yuzasidan tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limiga taklif va xulosalarni taqdim etadi.
- Ustozning majburiyatlari va vazifalari
- Shogirdlarning individual rejasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirib borishlarini, individual rejasida belgilangan tadbirlarning o’z vaqtida to’liq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi.
- Uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringini olib boradi, tegishli hisobotlarni o’z vaqtida tayyorlaydi va tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limiga taqdim qiladi.
- Shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-uslubiy tavsiyalar beradi.
- Zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish bo’yicha shogirdlariga ilg`or pedagogik tajribalarni o’rgatadi va amalga tatbiq qilishga ko’maklashadi.
- Shogirdlarning o’zlashtirishi monitoringini olib borish
- Shogirdlarning o’zlashtirish darajasi quyidagi ko’rsatkichlar asosida aniqlanadi:
-tegishli fan bo’yicha o’quvchilarining o’zlashtirish ko’rsatkichlari o’sishi darajasi;
- ilg`or tajribalarni o’rganishi va amalga tatbiq qilishi;
-o’z faoliyatida innovatsiyalar (ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanishi;
-ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanishi;
- hamkasb o’qituvchilari orasida reytingining ortishi darajasi va boshqa ko’rsatkichlar.
- Natijalar shogird o’qituvchi ishlaydigan ta’lim muassasasidagi tegishli fan metodika birlashmasi hamda Ustoz tomonidan kuzatib boriladi va metodika birlashmasining xulosasi, ustozning hisoboti har chorak yakuni bo’yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limiga taqdim etiladi.
- Har chorak yakunida monitoring natijalari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan 1-shogirdni ustoz o’qituvchining hamda ta’lim muassasasi tegishli fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar ro’yxatiga o’tkazish, shuningdek natijalari past yoki noto’g`ri tanlangan ustoz, shogirdlarni o’zgartirish kabi masalalar tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan ko’rib chiqilib, xulosa qilinadi.
- “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish shaklida shogirdlar safidan hududiy PKQТMOIga malaka oshirishga yo’llash masalasi tuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Bu metod bo’yicha malaka oshirish hududiy PKQТMOI tomonidan tashkil qilinadi.
- “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitishni amalga oshirish tartibi
- “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ta’lim muassasasida o’qitish (innovatsiya metodi)ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi ”Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g`risida”gi 25-sonli qaroriga muvofiq “...yuqori malakali pedagog-ustozlar rahbarligida tegishli tipdagi ta’lim muassasalarida fanlar bo’yicha pedagog xodimlarning malakasini maqsadli oshirish” shaklida amalga oshiriladi.
- Pedagog-ustozlar ta’lim muassasasida pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishiga rahbarlik qilayotgan, “Ustoz-shogird” metodi bo’yicha ishlayotgan ustozlar orasidan tanlanadi. Bunda ustozning o’zi hamda shogirdlari dars berayotgan o’quvchilarining o’zlashtirishi darajasining o’sishi, ustozning yuqori kasbiy tayyorgarlik darajasiga egaligi, uning metodik va amaliy-pedagogik hamda ijodiy faoliyatidagi natijalari hisobga olinadi.
- Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishiga rahbarlik qiluvchi ustozlar ro’yxati Qoraqalpog`iston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligi, Тoshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan kelishilgan holda hududiy PKQТMOIning buyrug`i bilan tasdiqlanadi.
- Ustoz-o’qituvchilarga shogirdlarning malakasini oshirishga rahbarlik qilish uchun ko’pi bilan 3 nafar shogird biriktiriladi.
VI. Hududiy PKQТMOIning majburiyatlari va vazifalari
- Тuman(shahar) xalq ta’limi bo’limi yo’llanmasi asosida hududiy PKQТMOI “Ustoz - shogird” metodi bo’yicha malaka oshirishni tashkil etish to’g`risida buyruq chiqaradi.
- Buyruq bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
- Ustoz va shogirdlarning ish joyi va lavozimi;
- “Ustoz - shogird” metodi bo’yicha malaka oshirishning boshlanish sanasi va davom etish muddati;
- “Ustoz - shogird” metodi bo’yicha malaka oshirish o’quv jarayonining jadvali;
- shogirdlar PKQТMOIda amalda qo’llanilayotgan tegishli pedagog kadrlar malakasini oshirish kursi o’quv-mavzu rejasidagi mutaxassislik fanlari blokini Ustoz tomonidan olib boriladigan o’quv mashg`ulotlari jarayonida, ijtimoiy fanlar va umumkasbiy fanlar bloklari tarkibidagi fanlarni Ustoz rahbarligida mustaqil ravishda PKQТMOIdan zarur bo’lgan o’quv-metodik va nazorat materiallarini, shu jumladan, masofaviy ta’lim materiallarini olgan holda o’zlashtirishi;
- malaka oshirishning ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshirilishi;
- malaka oshirish jarayonini o’quv-metodik, o’quv-moddiy, moddiy-texnika va moliyaviy ta’minlash masalalari;
- Ustoz mehnatini rag`batlantirish tartibi va manbalari;
- malaka oshirish jarayonining monitoringi va nazorati, bitiruv hujjatlari (sertifikat, pedagogning reyting daftarchasi)ni berish tartibi ko’rsatiladi.
- Buyruq nusxasi belgilangan ustoz va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi. Unga muvofiq Ustoz hamda shogirdlar o’zlari ishlaydigan ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishilgan holda o’z asosiy ish va malaka oshirish faoliyatini muvofiqlashtiradi.
- Ustozni malaka oshirishga qo’yiladigan davlat talablari, o’quv reja, dasturlar, nazorat materiallari, yakuniy attestatsiya tartibi, o’quv-metodik materiallar, mashg`ulotlarni hisobga olish jurnali, oraliq nazoratlar jadvali, hisobotning namunaviy shakllari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlaydi.
- Ustozning institut kutubxonasida ishlashi, o’quv–moddiy bazasidan foydalanishini tashkil etadi.
- Ustoz mehnatiga o’rnatilgan tartibda haq to’laydi, muvaffaqiyatli bitirgan shogirdga bitiruv hujjatlarini beradi.
- Ustoz tomonidan shogirdlarning malaka oshirishga qo’yiladigan davlat talablari asosida bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlarini, mashg`ulotlar jadvali asosida o’quv dasturining o’z vaqtida to’liq va sifatli bajarilishini tahlil qilib boradi.
- Ustoz shogirdning kasbiy bilim, ko’nikma, malakalari zamonaviy darajada bo’lishi uchun individul yondashuv asosida zarur tavsiyalar beradi, ilmiy –metodik yordam ko’rsatadi, oraliq nazoratlarni jadvalga muvofiq amalga oshiradi, mashg`ulotlarni hisobga olish jurnalini o’z vaqtida rasmiylashtiradi, tegishli hisobotlarni malaka oshirish institutiga taqdim qiladi.
- Malaka oshirish jarayoni oxirida shogirdning yakuniy attestatsiyasi o’rnatilgan tartibda tegishli PKQТMOI tomonidan o’tkaziladi. Bunda shogirdning tajriba orttirishi bo’yicha barcha tur va shakllardagi ishlari yuzasidan hisoboti, Ustoz tomonidan shogirdining malaka ishiga xulosasi hamda shogirdiga bergan tavsifnomasi hisobga olinadi. Attestatsiya natijasiga ko’ra, shogirdga o’rnatilgan tartibda hujjat (sertifikat, pedagogning reyting daftarchasi) berish, Ustoz mehnatiga haq to’lash haqida buyruq chiqariladi.
- Ustoz mehnatini moddiy va ma’naviy
rag`batlantirish
- Ustoz malaka oshirish o’quv jarayoni jadvali asosida o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan birgalikda barcha o’quv va amaliy mashg`ulotlarning o’z vaqtida to’liq bajarilishining monitoringi hududiy ХТB hamda PKQТMOI tomonidan olib boriladi.
- Ustoz tomonidan bajarilgan ishlar jurnalda qayd etiladi, imzo bilan rasmiylashtiriladi. Malaka oshirish jarayoni tugagach, jurnal dalolatnoma asosida hududiy malaka oshirish institutiga topshiriladi. Undagi ma’lumotlar Ustoz mehnatiga tegishli PKQТMOI tomonidan haq to’lash uchun asos bo’ladi.
- Ustozning mehnatiga haq to’lash soatbay asosda, malaka oshirish institutlarida o’rnatilgan tartib va me’yorlar bo’yicha amalga oshiriladi.