Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yilning mamlakatimizda Sog‘lom bola yili deb e’lon qilinishi jamoatchiligimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Joriy yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi bo‘ldi. Ona va bola, Yoshlar, Barkamol avlod, Oila va boshqa nomlar bilan atalgan yillarda amalga oshirilgan ishlar xalqimizning ezgu orzusi bo‘lgan sog‘lom bola tarbiyalashdek olijanob maqsadga hamohangdir. Hech shubhasiz, har birimiz farzandlarimizni sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularning baxt-saodati, yorug‘ kelajagini ko‘rishni niyat qilamiz.
O‘tgan davrda keng miqyosli va teran mazmunli ulkan is
...
Davomini o'qish »