Xalq ta'limi vazirligining 2014 yil 20 fevraldagi "Xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalari kadrlarining AKT, internet va multimedia resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha malakasini oshirish o'quvlarini tashkil etish to'g'risida"gi 38-sonli buyrug'iga asosan, joriy yilning 10 martidan boshlab vazirlik tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining AKTdan foydalanish bo'yicha ikki bosqichli malaka oshirish o'quvlari tashkil etiladi.
O'quvlarning 1-bosqichi joriy yilning 10 martidan 30 avgustigacha, 2-bosqichi esa 2 sentabrdan 31 dekabrgacha ta'lim muassasalari negizida, vazirlik buyrug'i bilan tasdiqlangan "Tartib" va "Dastur" asosida amalga oshiriladi.
manba: O'zR XTVning Axborot ta'lim portali