O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim vazirligi tanlovining grantlari asosida Rossiya Federatsiyasi Oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan maktabimizning o'quvchilari
Boymuxamedova Sevara Bahodir qizi. 1991 yil 20 iyul kuni Toshkent viloyati Parkent tumani Qoraqalpoq qishlog’I 2-bo’limda ziyoli oilasida tug’ilgan. 1998 yil Parkent tumanidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabini 1-sinfiga qabul qilindi. 2007 yil ushbu maktabni imtiyozli tugatib Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti qoshidagi akademik litseyning aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha 1-kursiga qabul qilindi. 2010 yil litseyni a’lo baholarga tugatib O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim vazirligining tanlovida qatnashdi va davlat granti asosida Rossiya Federatsiyasining Rostov shaxridagi Janubiy Rossiya Davlat Iqtisodiyot va Servis Universitetining finans-kredit yo’nalishi bo’yicha birinchi kursiga qabul qilindi. 2015 yilda mazkur universitetni imtiyozli diplomga bitirib xozirgi kunda Toshkent viloyati iqtisodiyot boshqarmasida etakchi mutaxasis lavozimida ish faoliyatini davom ettirayapti.
Boymuxamedov Umidjon Bahodir o’g’li. 1993 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumani Qoraqalpoq qishlog’I 2-bo’limda ziyoli oilasida tug’ilgan. 2000 yil Parkent tumanidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabini 1-sinfiga qabul qilindi. 2009 yil ushbu maktabni imtiyozli tugatib O’zbekiston Davlat Milliy Universiteti qoshidagi S.X. Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha 1-kursiga qabul qilindi. 2012 yil litseyni a’lo baholarga tugatib , 2013 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim vazirligining tanlovida qatnashdi va davlat granti asosida Rossiya Federatsiyasining Volgograd shaxridagi Volgograd Davlat Texnika Universitetining informatika va hisoblash texnikasi yo’nalishi bo’yicha birinchi kursiga qabul qilindi. Xozirgi kunda shu universitetning 3-bosqich talabasi.
Mirjamolova Hilola Abdumajid qizi. 1990 yilda Toshkent viloyati Parkent tumani Qoraqalpoq qishlog’I 2-bo’limda ziyoli oilasida tug’ilgan. 1997 yil Parkent tumanidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktabini 1-sinfiga qabul qilindi. 2006 yil ushbu maktabni tugatib Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litseyning aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha 1-kursiga qabul qilindi. 2009 yil litseyni a’lo baholarga tugatib , O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim vazirligining tanlovida qatnashdi va davlat granti asosida Rossiya Federatsiyasining Barnaul shaxridagi Oltoy Davlat Texnika Universitetining iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha birinchi kursiga qabul qilindi. Xozirgi kunda universitetni tugatib mexnat faoliyatini boshlagan.