«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi ko‘zda tutilgan.
2014-2015- yillarda O‘zbekistonda «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi amalga oshiriladi. Bu loyiha 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Loyiha uchun davlat byudjetidan 85 mln so‘m ajratiladi va Koreya Respublikasining 14,6 mln AQSh dollarlik moliyaviy ko‘magi jalb etiladi.
Loyiha doirasida bosma, audio-, video- va fo‘tomateriallarini elektron formatga o‘tkazish markazi hamda bosma nashrlarni transliteratsiya qilish, multimediali elektron darsliklar va audiokitoblarni yaratish uchun multimedia axborot resurslari markazi ochiladi.
Shuningdek, loyihada respublika bo‘yicha integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘i tashkil etilishi, O‘zbekistondagi barcha axborot-kutubxona muassasalarining 2020- yilgacha ushbu tarmoqqa ulanishi mo‘lj
...
Davomini o'qish »