NAVRO‘Z (forscha — yangi kun) — shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni. O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an’anaviy bayrami. Navro‘z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Unda ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan.
Dastlab, Navro‘z bayramini o’tkazish o‘troq dehqonlarda rasm bo‘lgan, keyinchalik ular orqali yarim o‘troq va ko‘chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar o‘tishi bilan turli xalqlarda Navro‘z bayramini o‘tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan.
Qadimda pahlaviy kitoblardagi ma’lumotlarga asoslanib, Abulqosim Firdavsiy o‘zining «Shohnoma» asarida Navro‘z bayramining paydo bo‘lishini afsonaviy shoh Jamshid nomi bilan bog‘laydi. Navro‘z bayrami haqida
...
Davomini o'qish »