O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
29.08.1997 y. N 464-I
TA`LIM TO`G`RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlari
Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog`iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlaridagidan o`zgacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta'lim o`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi.
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo`nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.
4-modda. Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, o`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish;
ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o`qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to`lov evaziga kasb-hunar o`rgatish;
barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o`quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo`lishi;
oilada yoki o`zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan o`tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o`tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari o`zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilim olishda o`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqi
Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo`lgan shaxslar Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o`quv yurtlariga ishga qabul qilish o`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug`ullanishiga yo`l qo`yilmaydi.
6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta'lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi.
Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo`lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasasi o`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditasiyasidan o`tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`ladi.
Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko`rsatadi.
Ta'lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Ta'lim muassasalari o`quv-tarbiya majmuilariga hamda o`quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko`rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugullanishga haqli.
7-modda. Davlat ta'lim standartlari
Davlat ta'lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta'lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
8-modda. Ta'lim berish tili
Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
II. TA`LIM TIZIMI VA TURLARI
9-modda. Ta'lim tizimi
O`zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari;
ta'lim tizimining faoliyat ko`rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo`lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
O`zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda. Ta'lim turlari
O`zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta'lim;
umumiy o`rta ta'lim;
o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
oliy ta'lim;
oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta'lim.
11-modda. Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu ta'lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.
12-modda. Umumiy o`rta ta'lim
Umumiy o`rta ta'lim bosqichlari quyidagicha:
boshlang`ich ta'lim (I-IV sinflar);
umumiy o`rta ta'lim (I-IX sinflar).
Boshlang`ich ta'lim umumiy o`rta ta'lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim va ko`nikmaasoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o`rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
13-modda. O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
O`rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o`rta ta'lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishning yo`nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo`yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo`ladigan o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi.
Akademik lisey o`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o`rta maxsus o`quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o`rta kasb-hunar o`quv yurtidir.
14-modda. Oliy ta'lim
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minladi.
Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o`quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to`g`risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta'lim yo`nalishlaridan biri bo`yicha puxta bilim beradigan, o`qish muddati kamida to`rt yil bo`lgan tayanch oliy ta'limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo`yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
15-modda. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko`nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim
Bolalar va o`smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o`smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog`lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko`rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo`yiladi.
18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish
Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko`maklashadi. Bolalarni oilada o`qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim muassasalarining dasturlari bo`yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo`sinda yordam ko`rsatiladi.
19-modda. Ta'lim to`g`risidagi hujjatlar
Akkreditasiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to`grisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to`g`risidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditasiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo`yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o`qitilishi shart bo`lgan va ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo`yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Oliy ma'lumot to`g`risidagi diplomga o`zlashtirilgan fanlar ro`yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo`yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Dissertasiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda o`zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o`rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma'lumot to`grisidagi hujjatlari belgilangan tartibda o`zaro tan olinishi mumkin.
Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi.
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to`g`risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo`yicha ishlash huquqini beradi.
III. TA`LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH
20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi.
21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta'lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to`lanadigan yillik uzaytirilgan ta'tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Ta'lim muassasalari ish haqiga mo`ljallangan mavjud mablag`lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to`lash va uni rag`batlantirishning turli shakllarini qo`llashga haqli.
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o`qitish
Etim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o`qitish va ularni boqish davlatning to`la ta'minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va o`smirlarni o`qitish
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo`lgan bolalar va o`smirlarni o`qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va o`smirlarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o`quvchilari qisman yoki to`la davlat ta'minotida bo`ladi.
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo`lgan shaxslar uchun o`quv-tarbiya muassasalari
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o`qishga muhtoj bo`lgan bolalar va o`spirinlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini ta'minlaydigan ixtisoslashtirilgan o`quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tash muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning ta'lim olishi va mustaqil bilim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.
IV. TA`LIM TIZIMINI BOSHQARISH
25-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta'lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
ta'lim muassasalarini akkreditasiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestasiyadan o`tkazish tartibini belgilash;
boshqa davlatlarning ta'lim muassasalariga o`zbekiston Respublikasining hududida ta'lim faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim to`g`risidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
davlat ta'lim standartlari tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to`g`risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat grantlari miqdori va ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;
davlat oliy ta'lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
ta'lim oluvchilarni akkreditasiya qilingan bir ta'lim muassasasidan boshqasiga o`tkazish tartibini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
26-modda. Ta'limni boshqarish bo`yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi
Ta'limni boshqarish bo`yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro`yobga chiqarish;
ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;
davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo`lgan talablar bajarilishini ta'minlash;
o`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish;
o`quv va o`quv-uslibiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to`grisidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta'lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlaydilar;
ta'lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo`lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro`yxatga oladilar;
o`z hududlaridagi ta'lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;
ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo`lgan davlat talablariga rioya etilishini ta'minlaydilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
28-modda. Ta'lim muassasasini boshqarish
Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar
Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditasiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to`xtatib qo`yishga haqli.
Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o`quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar.
31-modda. Ta'limni moliyalash
Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablaglari, shuningdek byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan amalga oshiriladi.
32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari
Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
33-modda. Xalqaro hamkorlik
Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o`quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o`rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo`shma o`quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.
34-modda. Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta'lim to`grisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo`lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
2007 yil 26 yanvarda qabul qilingan.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
21.12.1995 y.
N 167-I
DAVLAT TILI HAQIDA
(yangi tahrirda)
Mazkur Qonunga O`zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuniga muvofiq o`zgartirishlar k
iritilgan
1-modda. O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
2-modda. O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o`z ona tilini qo`llashdan iborat konstitusiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. O`zbek tilining O`zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi.
Tilning Qoraqalpogiston Respublikasida amal qilishiga bogliq masalalar shuningdek Qoraqalpogiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bogliq udumlarni ado etishda qo`llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o`z xohishlariga ko`ra tanlash huquqiga egadirlar.
4-modda. O`zbekiston Respublikasida davlat tilini o`rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo`lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o`qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda. O`zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko`rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa - ularning tillarida faoliyat ko`rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta'minlanadi.
6-modda. O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
O`zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o`rta maxsus va oliy ma'lumot olishni ta'minlaydi.
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qo`mitalarining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi. (O`zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni taxriridagi qism)
8-modda. O`zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e'lon qilinadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi.
O`zR Oliy Majlisining 21.12.1995 y 167-I-son Qaroriga muvofiq 9 va 10 moddalar 01.09.2005 yildan amalga kiritiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanadi.
O`zbekistonda o`tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o`zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o`sha joydagi ko`pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so`zlash huquqi ta'minlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o`rtasidagi xo`jalik nizolarini ko`rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo`llaniladi. Xo`jalik nizolari taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko`rib chiqilishi mumkin.
12-modda. O`zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
Fuqarolarning talabiga ko`ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat notariusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo`lgan taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi.
13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.
14-modda. O`zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta'minlanadi.
15-modda. O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o`z millatidan qat'i nazar, o`z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an'analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.
16-modda. Televidenie va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda. Pochta-telegraf jo`natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko`ra - boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamgalari, ish qogozlarining matnlari davlat tilida bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo`shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamgalari, ish qogozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko`rgazmali hamda ogzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e'lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo`riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi.
22-modda. Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko`chalari va geografik ob'ektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o`zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda. O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази директорининг
буйруғи
Чет тиллар ўқитувчиларининг базавий лавозим маошларига ойлик устама белгилаш учун тест синовларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида
(Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 44-сон, 582-модда)
[Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2013 йил 31 октябрда рўйхатдан ўтказилди, рўйхат рақами 2520]
Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 29 сентябрдаги 490-сонли қарори билан тасдиқланган Таълим муассасаларининг қўшимча тўловлар белгиланган педагог ходимлари лавозимлари рўйхати, мазкур тўловларнинг турлари ва миқдорларининг 3-бандига асосан буюраман:
1. Чет тиллар ўқитувчиларининг базавий лавозим маошларига ойлик устама белгилаш учун тест синовларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом иловага мувофиқ тасдиқлансин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Директор Б. ИСМАИЛОВ
Тошкент ш.,
2013 йил 10 октябрь,
01-339-сон
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази директорининг 2013 йил 10 октябрдаги 01-339-сонли буйруғига
ИЛОВА
Чет тиллар ўқитувчиларининг базавий лавозим маошларига ойлик устама белгилаш учун тест синовларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги
НИЗОМ
Мазкур Низом Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 10 декабрдаги ПҚ–1875-сонли «Чет тилларни ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 29 сентябрдаги 490-сонли қарори билан тасдиқланган Таълим муассасаларининг қўшимча тўловлар белгиланган педагог ходимлари лавозимлари рўйхати, мазкур тўловларнинг турлари ва миқдорларига мувофиқ, таълим муассасаларининг чет тиллар, хорижий филология, чет тили ва таржима йўналишларининг касбий ва махсус фанлари профессор-ўқитувчилари ва ўқитувчиларининг (бундан буён матнда ўқитувчилар деб юритилади) базавий лавозим маошларига ойлик устама белгилаш учун тест синовларини (бундан буён матнда тест синовлари деб юритилади) ўтказиш тартибини белгилайди.
I боб. Умумий қоидалар
1. Тест синовлари ўқитувчиларнинг чет тилидан малака ва уни билиш даражасини аниқлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази (бундан буён матнда Давлат тест маркази деб юритилади) томонидан ўтказилади.
2. Тест синовларини ўтказиш бўйича харажатлар Давлат тест марказининг харажатлар сметасида назарда тутилган Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан молиялаштирилади.
II боб. Тест синовлари топшириқларининг тузилиши
3. Тест синовлари топшириқлари Давлат тест маркази томонидан давлат таълим стандартлари асосида ишлаб чиқилади.
4. Тест синовлари топшириқлари қуйидаги бўлимлардан иборат бўлади:
тинглаб тушуниш бўлими — ўқитувчининг оғзаки нутқни тушуниш, эшиттирилган матннинг асосий мазмуни ва сўралган махсус маълумотларни англаб олиш даражасини аниқлашга йўналтирилади, 30 та саволдан иборат бўлади, бажариш ва белгилаш учун 35 дақиқа вақт берилади;
ўқиш бўлими — ўқитувчининг ярим-аутентик ва аутентик матнларнинг асосий мазмунини ҳамда сўралган махсус маълумотларни англаб олиш даражасини аниқлашга йўналтирилади, 30 та саволдан иборат бўлади, бажариш ва белгилаш учун 75 дақиқа вақт берилади;
лексик ва грамматик компетенциялар бўлими — ўқитувчининг тегишли грамматик тузилмалар ва сўзларни фарқлаш ҳамда уларни тўғри қўллай олиш даражасини аниқлашга йўналтирилади, 30 та саволдан иборат бўлади, бажариш ва белгилаш учун 40 дақиқа вақт берилади;
чет тилини ўқитиш методикаси бўлими — ўқитувчининг таълим муассасасида чет тилидан педагогик фаолият юритиш учун зарур назарий билимларга эгалигини аниқлашга йўналтирилади, 30 та саволдан иборат бўлади, бажариш ва белгилаш учун 45 дақиқа вақт берилади;
ёзиш бўлими — ўқитувчининг грамматик тузилмалар ва сўзларни тўғри ишлатган ҳолда берилган мавзулар бўйича яхлит матнлар ёза олиш даражасини аниқлашга йўналтирилади, камида 150 та ва 250 та сўздан иборат жавоблар талаб қилинадиган 2 та мавзудан иборат бўлади, бажариш учун 45 дақиқа вақт берилади;
гапириш бўлими — ўқитувчининг грамматик тузилмалар ва сўзларни тўғри ишлатган ҳолда саволларга жавоб бериш, берилган мавзу бўйича ўз фикрини билдириш ва асослай олиш даражасини аниқлашга йўналтирилади ҳамда ўзи ҳақидаги саволларга жавоб бериши, берилган муаммоли вазиятларни изоҳлаши ва уларга нисбатан ўз муносабатини билдиришини назарда тутувчи 3 та саволдан иборат бўлади, бажариш учун 15 дақиқа вақт берилади.
III боб. Тест синовларини ўтказиш
5. Ўқитувчилар тест синовларида иштирок этиш учун мазкур Низомнинг 1-иловасига мувофиқ шаклдаги ариза билан Давлат тест марказига мурожаат қилади.
6. Аризалар бевосита, почта алоқаси ёки Давлат тест марказининг интернетдаги расмий сайти орқали қабул қилинади.
7. Ўқитувчи унинг аризаси Давлат тест маркази томонидан қабул қилинган кундан бошлаб икки ой ичида тест синовидан ўтказилади.
8. Тест синовлари Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида ариза билан мурожаат қилган ўқитувчиларнинг сонини ҳисобга олган ҳолда Давлат тест маркази директори томонидан тасдиқланадиган жадвал асосида ўтказилади.
9. Тест синовлари ўтказиладиган сана, вақт, жой ва унда иштирок этадиган ўқитувчилар рўйхати тест синовлари ўтказилишидан камида бир ҳафта олдин Давлат тест марказининг интернетдаги расмий сайтида эълон қилинади.
10. Тест синовлари Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ва Халқ таълими вазирлиги томонидан ажратилган, тест синовлари ўтказиш учун тайёрланган ва зарур техник воситалар билан таъминланган биноларда ўтказилади. Тест синовлари унда иштирок этадиган ўқитувчилар сонини ҳисобга олган ҳолда Давлат тест марказида ҳам ўтказилиши мумкин.
11. Тест синовлари ўтказиладиган куни Давлат тест марказининг тегишли рухсатномасига эга бўлмаган шахсларнинг тест синовлари ўтказиладиган биноларга кириши тақиқланади.
12. Тест синовларини ўтказишда таълим муассасаларининг ходимлари шартнома асосида аудитория раҳбари ва кузатувчиси сифатида жалб этилади.
13. Тест синовлари ўтказиладиган гуруҳлар Давлат тест маркази томонидан 30 кишидан кўп бўлмаган таркибда қуръа ташлаш йўли билан шакллантирилади. Ўқитувчилар тест синовлари ўтказиладиган бино ва хоналарга паспорт асосида киритилади. Ўқитувчилар тест синови вақтида бир кишидан ўтиради.
14. Тест синовларига кечикиб келган ўқитувчилар тест синовларига киритилмайди ва қайдномада «келмади» деб қайд этилади. Тест синовларига келмаган ўқитувчилар тест синовларини топшириш учун умумий асосларда қайта мурожаат қилишлари лозим.
15. Тест синовлари қоғозда ёки махсус дастурий таъминот ёрдамида компьютерда ўтказилади.
16. Тест синовлари икки босқичда ташкил этилади. 1-босқичда ўқитувчининг тинглаб тушуниш, ўқиш, лексик ва грамматик компетенциялар, чет тилини ўқитиш методикаси, ёзиш бўйича билим ва кўникмалари, 2-босқичда гапириш кўникмаси баҳоланади.
17. Ўқитувчи тест синови ўтказиладиган бинога қўлланмалар, луғат, жадвал, шпаргалка, компьютер, уяли телефон ва бошқа телекоммуникация воситаларини олиб кирган бўлса, тест синови вақтида тест материалларини бошқаларга узатса, уларга ёрдам берса, ўзаро гаплашса ёки саволлар китоби варақаларини йиртса, тест синовларини ўтказиш тартибини бузган ҳисобланади ва мазкур Низомнинг 2-иловасига мувофиқ шаклда далолатнома расмийлаштирилган ҳолда тест синовидан четлаштирилади.
18. Тест синовлари жараёни видеотасвирга олинади. Видеотасвир тест синовлари жараёни бўйича эътирозлар бўлганда фойдаланиш учун Давлат тест марказида 3 йил давомида сақланади.
19. Ўқитувчиларнинг ёзиш бўлимидаги топшириқлар бўйича жавобларини текшириш ва гапириш бўлими бўйича синов ўтказиш учун Давлат тест маркази директорининг буйруғи билан таълим тизимидаги малакали мутахассислардан иборат таркибда имтиҳон комиссияси тузилади. Имтиҳон комиссияси аъзолари комиссия ишига шартнома асосида жалб этилади. Имтиҳон комиссияси йиғилишлари баённома билан расмийлаштирилади.
20. Тинглаб тушуниш, ўқиш, лексик ва грамматик компетенциялар ҳамда чет тилини ўқитиш методикаси бўлимларидан ихтиёрий бири бўйича белгиланган максимал балнинг 50 фоизидан кам балл тўплаган ўқитувчининг ёзма иши текширилмайди, ёзма иши текширилмаган ёки ёзиш бўлими бўйича белгиланган максимал балнинг 50 фоизидан кам балл тўплаган ўқитувчи тест синовининг 2-босқичига қўйилмайди.
21. Тест синовининг 1-босқичи натижалари тест синови ўтказилган кундан сўнг икки ҳафта ичида эълон қилинади.
22. Тест синовининг 2-босқичи унинг 1-босқичи натижалари эълон қилинган кундан бошлаб бир ҳафтадан кейин, бироқ икки ҳафтадан кечиктирмасдан ўтказилади. Гапириш бўлими бўйича белгиланган максимал балнинг камида 50 фоизини тўплаган ўқитувчи мазкур босқичдан муваффақиятли ўтган ҳисобланади.
23. Тест синовлари натижалари ҳар бир бўлим бўйича алоҳида ва умумий балл кўринишида қайдномада акс эттирилади. Ҳар бир бўлим учун максимал балл 30 бални ташкил қилади.
24. Гапириш бўлими бўйича тест синовлари ўтказилган кундан бошлаб ўн кун ичида ўқитувчига тест синовлари натижалари бўйича мазкур Низомнинг 3-иловасига мувофиқ шаклда Чет тилидан малака ва уни билиш даражаси бўйича тест синови натижаси ҳақида маълумотнома берилади.
25. Мазкур маълумотнома махсус рақамланган бланкада расмийлаштирилади. Маълумотноманинг ҳақиқийлиги унда кўрсатилган ўқитувчининг махсус коди ёрдамида Давлат тест марказининг интернетдаги расмий сайти орқали текширилиши мумкин.
26. Тест синовлари натижаларидан норози бўлган ўқитувчилар тегишли босқичлар бўйича натижалар эълон қилинган кундан бошлаб беш иш куни ичида мазкур Низомнинг 4-иловасига мувофиқ шаклда апелляция шикояти бериш ҳуқуқига эга.
27. Апелляция шикоятини кўриб чиқиш учун Давлат тест маркази директорининг буйруғи билан 5 — 7 кишидан иборат таркибда Апелляция комиссияси ташкил этилади. Апелляция комиссиясига Давлат тест маркази, тегишлилигига кўра таълимни бошқариш органлари ва муассасалари ҳамда бошқа ташкилотлардан мутахассислар жалб этилади.
28. Апелляция шикояти Апелляция комиссияси томонидан икки ҳафта ичида кўриб чиқилади ва қуйидаги қарорлардан бири қабул қилинади:
тест синовлари натижаларини нотўғри деб топиш ва уларни қайта ҳисоблаш тўғрисида;
тест синовларини ўтказиш тартиби бузилган деб топиш, тест синовлари натижаларини бекор қилиш ва ўқитувчига тест синовининг тегишли бўлимини қайта топшириш учун рухсат бериш тўғрисида;
тест синовларини ўтказиш тартиби бузилмаган деб топиш ва тест синовлари натижаларини ўз кучида қолдириш тўғрисида.
29. Апелляция шикоятига Апелляция комиссиясининг қарори асосида ёзма равишда жавоб берилади. Бунда Апелляция комиссиясининг қарорига мувофиқ тинглаб тушуниш, ўқиш, лексик ва грамматик компетенциялар ҳамда чет тилини ўқитиш методикаси бўлимлари бўйича белгиланган максимал балнинг 50 фоизи ва ундан ортиқ балл тўплаган деб топилган ўқитувчининг ёзма ишини текшириш ва гапириш бўлими бўйича тест синовлари ўтказиш ёки тегишли бўлимлар бўйича тест синовларини қайта ўтказиш уч кун ичида амалга оширилади.
IV боб. Ўқитувчиларнинг базавий лавозим маошларига ойлик устамалар белгилаш
30. Тест синовларининг барча бўлимлари бўйича белгиланган максимал балнинг 60 фоизи ва ундан ортиқ балл тўплаган ўқитувчилар тест синовларидан муваффақиятли ўтган деб ҳисобланади.
31. Тест синовларидан муваффақиятли ўтган ўқитувчиларнинг базавий лавозим маошларига ойлик устамалар Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 29 сентябрдаги 490-сонли қарори билан тасдиқланган Таълим муассасаларининг қўшимча тўловлар белгиланган педагог ходимлари лавозимлари рўйхати, мазкур тўловларнинг турлари ва миқдорлари асосида белгиланади.
32. Тест синовларининг ижобий натижаси 3 йил муддатга амал қилади. 3 йилдан сўнг ўқитувчи устама олиш ҳуқуқини берувчи тест синовларидан қайтадан муваффақиятли ўтиши лозим.
33. Тест синовларидан муваффақиятли ўтмаган ўқитувчи камида бир йилдан кейин тест синовларини навбатдан ташқари қайта топшириши мумкин. Бунда тест синовларини қайта топшириш учун ўқитувчи томонидан қонун ҳужжатларида белгиланган энг кам ойлик иш ҳақининг 20 фоизи миқдорида тўлов тўланади.
Ҳар уч йилда топшириладиган навбатдаги тест синовлари учун ўқитувчилардан тўлов ундирилмайди.
34. Тест синовларини қайта топшириш учун тўланган маблағлар Давлат тест марказининг шахсий ғазначилик ҳисоб рақамига туширилади ва тест синовларини ўтказиш билан боғлиқ харажатларни қоплаш учун йўналтирилади.
35. Ўқитувчининг тест синовларидан муваффақиятли ўта олмаслиги у билан тузилган меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилиш учун асос бўлмайди.
V боб. Якуний қоида
36. Мазкур Низом Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги, Ўрта махсус, касб-ҳунар таълим маркази, Молия вазирлиги, Иқтисодиёт вазирлиги ҳамда