Xalq ta’limi vazirligida Jahon banki bilan hamkorlikda “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o’tkazildi.
Loyiha respublikamizning 7ta viloyatida markazdan uzoq, chekka hududda joylashgan 1501ta umumta’lim maktabi va 598ta maktabgacha ta’lim muassasasini qamrab olgan. Ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ajratilgan mablag’lar hisobidan mazkur ta’lim dargohlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Taqdimot davomida loyihaga ko’ra 5 yo’nalishda olib borilgan ishlar, erishilgan natijalarga to’xtalib o’tildi.
Dars jarayonida interaktiv vositalardan foydalanish holatining yaxshilangani, o’quvchilar o’zlashtirish darajasining oshgani, bo’sh vaqtning mazmunli o’tkazilayotgani hamda o’quvchilarning kasb-hunar egallashlari uchun sharoit yaratilgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, rahbar va pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan o’quv mashg’ulotlarda bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan yondashuv hamda interfaol metodlarni samarali qo’llash bo’yicha ularning kasbiy mahorati oshirildi. Shuningdek, jamoatchilikni maktab hayotiga keng jalb etish maqsadida ushbu muassasalarning vasiylik kengashlari tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilash borasida ishlab chiqilgan loyihalarni moliyalashtirildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan ishlar o’z ijobiy matijasini berib, hozirgi kunda o’quv materiallari va resurslaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanib kelinmoqda.