Dushanba, 23.12.2024, 18:40
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Mart » 10 » Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
19:46
Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
  

XXI asryangi axborot texnologiyalari asri. Ushbu davrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. O‘quvchilarda xayotiy zarur bo‘lgan XXI asr bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ularni keyingi xayotga tayyorligining bosh me’zoni hisoblanadi. Ushbu sharoitda zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib boryapti, an’anaviy ta’lim yondoshuvidan XXI asr ta’lim yondoshuviga, ya’ni shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tilmoqda. Bunday ta’lim yondoshuvining asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan xayotga xar taraflama tayyor bo‘lishi, ularning mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ulkan axborot makonida axborotlarni tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlab olishni, oldida turgan mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish yotadi.

Axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter dasturlari insonlar bajaradigan ishlarni yengillashtirish, samarali faoliyat yuritish va bilimlarga ega bo‘lish uchun yaratiladi, yangi imkoniyatlar ochadi va bizdan yangi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishimizni talab etadi. Shu o‘rinda Kreyg Barretning so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: "Mo‘jizani kompyuterlar emas, balki o‘qituvchilar yaratadi". Ya’ni, axborot texnologiyalari vositalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi, bu jarayonda ular faqatgina bilimlarni yig‘ish vositasi sifatida qatnashishi nazarda tutiladi.

Ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda o‘qituvchilardan XXI asr ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni talab etadi. Bugungi kunda XXI asr ko‘nikma va malakalariga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan "O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lishlik bo‘yicha tavsiyalar (Information and Communication Tools Competency Framework for Teachers (ICT CFT))", XXI asr ko‘nikma va malakalari bo‘yicha hamkorlik tashkiloti (Partnership for 21st Century Skills – www.21st centuryskills.org)dir. Bundan tashqari XXI asr ko‘nikma va malakalari bo‘yicha alohida izlanishlarni Apple Computer, Cisco Systems, Dell Computer Corporation, Microsoft Corporation, Intel Corporation tashkilotlari ham olib bormoqda.

XXI asrda mehnat bozori ish o‘rinlarini o‘zgarishiga, yangilarini paydo bo‘lishiga ta’sir etar ekan, ta’lim tizimi ham shunga mos ravishda javob berishi kerak. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) ta’lim jarayoniga joriy etish o‘quvchilarga XXI asrda muvaffaqqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishda eng muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘qituvchilardan bir qator ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlikni talab etadi: didaktik materiallarni va faoliyatiga oid xujjatlarni tayerlashda matn muxarriridan samarali foydalanish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, tarmoq ichida ma’lumotlarni izlash va muloqot qilish.

Ushbu vazifalarni bajarishda o‘qituvchilardan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishlik talab etiladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga juda ham ko‘plab ko‘nikmalarni oladi. Shular ichidan o‘qituvchilar tomonidan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishlikning eng kerakli va zarur bo‘lgan tayanch qismini ajratib olish muhimdir.

Fan o‘qituvchilarining AKT savodxonligi bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan tayanch ko‘nikmalar:

·         Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish (asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish);

·         Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish;

·         Didaktik materiallar va ishchi xujjatlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar to‘plamidan foydalana olish;

·         Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish.

Yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal ko‘nikmalar hisoblanadi. Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.

AKT sohasiga oid savodxonlikni tashkil etuvchilarni alohida tavsiflab chiqsak.

1. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish:

·         Kompyuter nima?

·         Kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)?

·         Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to‘xtatiladi.

2. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish:

·         Windows operatsion sistemasida ishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish);

·         Amaliy va o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rnatish va kompyuter xotirasidan o‘chirish;

3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish:

·         Matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va ularni uzatish;

·         Matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash;

·         Elektron jadval muxarrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash;

·         Multimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;

·         Grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash.

4. Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish:

·         Internet tarmog‘ida ta’lim jarayoniga oid materiallarni ma’lumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterga saqlash;

·         Tarmoq orqali veb-forumlarda va vebinarlarda (Internet tarmog‘i orqali o‘tkaziladigan seminarlarda) ishtirok etish;

·         Elektron pochta xizmatidan foydalanish;

·         Internet tarmog‘i orqali muloqotlarni amalga oshirish (Skype da audio va videokonferensiyalar tashkil etish);

·         Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish (Facebook, Twitter, Linkedin va b.).

Yuqorida keltirilgan AKT savodxonligi elementlariga ega bo‘lishlik – ta’lim jarayoniga AKTni samarali joriy etishning tashkiliy bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunda o‘qituvchilarning AKT sohasiga oid kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishida asosiy e’tibor ularning kompyuterdan foydalanuvchi sifatida tayyorlashga qaratilgan.

 O‘qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo‘lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT vositalaridan ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida to‘g‘ri foydalanish metodikasiga ham ega bo‘lishlari zarur. Ya’ni, har bir fan o‘qituvchisi o‘zining darsida AKT vositalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. Shu sababli, malaka oshirish kurslarida nafaqat kompyuter savodxoniligiga oid mashg‘ulotlarni, balki AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ham dars jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalana olmaydilar. Ushbu xolat ko‘plab davlatlarning ta’lim tizimiga xos bo‘lgan muammodir. Ko‘rinib turibdiki, aktuallik jihatidan AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasi AKT savodxonligiga ega bo‘lishlikdan ko‘ra muhimroq xisoblanadi.

AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko‘nikmalarga matn va jadval muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishni (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muxarrirlarida funksiyalarning grafiklarini yaratish va b.) ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi.

Ushbu fikrlarni tasdig‘i sifatida UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan "O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lishlik bo‘yicha tavsiyalari"ni keltirish mumkin. Mazkur tavsiyalarni quyidagi saytdan yuklab olish mumkin: www.iite.ru.

Mazkur tavsiyalarda ham zamonaviy o‘qituvchining texnologik jihatdan savodxon bo‘lishligi va o‘quvchilarda ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish yetarli emasligi alohida ta’kidlanadi.

Hulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilarda AKTdan foydalanishda xamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni xal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olgan ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan taxlil qila olish va umumlashtirish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishga ko‘mak berishga qodir bo‘lishligi kerak bo‘ladi.

Har bir fan o‘qituvchisi dars jarayoniga AKT vositalarini joriy etar ekan, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplaridan xabardor bo‘lishlari kerak

                                                                                              manba: Respublika ta'lim markazi

Просмотров: 6906 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 TravelerFeelp  
Thank you really handy. Will certainly share site with my pals. See also my own webpage.

https://www.mistralbg.com/pochivki-turcia/antalia-alania на почивка в турция

ptmis+

Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Mart 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz