Jamiyatni ma’naviy yuksaltirish hamda shaxsning ma’naviy kamolotga erishuvini ta’minlash mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan belgilab olingan «o‘zbek modeli» deb nomlangan, jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizning uzviy bo‘lagini tashkil etadi. Shu bois yurtimizda yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb-hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash ustuvorlik kasb etmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishi zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevorini qo‘yish, yurtning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsadlar yotadi.
Ta’lim
...
Davomini o'qish »