Seshanba, 24.12.2024, 05:18
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Oktabr » 16 » O’qituvchining kompyuter savodxonligi zamonaviy ta’lim tizimining muhim talabidir
06:12
O’qituvchining kompyuter savodxonligi zamonaviy ta’lim tizimining muhim talabidir
Jamiyatni ma’naviy yuksaltirish hamda shaxsning ma’naviy kamolotga erishuvini ta’minlash mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan belgilab olingan «o‘zbek modeli» deb nomlangan, jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizning uzviy bo‘lagini tashkil etadi. Shu bois yurtimizda yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb-hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash ustuvorlik kasb etmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishi zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevorini qo‘yish, yurtning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsadlar yotadi. Ta’lim tizimini isloh etish, moddiy-texnik bazsini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rnini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, yuqori intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlashda davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida odomzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, bu murakkab, serqirra tushunchaning nazariy, amaliy tomonlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali chuqur tahlil etiladi. Jahonda voqealar shiddat bilan kechayotgan bir paytda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga erishish hamda komil insonni tarbiyalash pedagog xodimlarning faoliyat mezoniga aylanishi zarurligi takidlanadi. Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor bo‘lishini ta’minlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi vazifalar mujassamdir. Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni osonlashtiruvchi dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llashi, balki fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana olishi ham zarur. Ayni paytda barcha fan o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida AKTdan samarali foydalanuvchi mutaxassisga aylantirish uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid o‘quv-kurslari tashkil etilayotir.Ularning maqsadi AKTdan quyidagi faoliyatlarda samarali foydalanishga qaratilgan: • o‘quv jarayonida; • boshqaruvda; • rahbariyat ish faoliyatida; • o‘qituvchining ish faoliyatida; • maktabdan tashqari o‘quv jarayonida; • maktabgacha ta’limda; • kutubxonada. Buning uchun Xalq ta’limi vazirligining «Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida»gi 61-sonli (2011 yil 23 mart), «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish to‘g’risida»gi 125-sonli (2012 yil 21-aprel) buyruqlari qabul qilindi. Kurslarga ta’lim muassasasi rahbarlari, amaliyotchi o‘qituvchilar, mutaxassislar jalb etlayapti. Jarayon ta’lim tizimidagi barcha xodimlarda AKTni o‘quv jarayoniga tatbiq etish layoqati shakllangunga qadar davom etadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini ta’limga joriy etish o‘qituvchilardan muayyanko‘nikma va malakalarga—kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishni talab etadi: didaktik materiallarni va faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda matn muharriridan samarali foydalanish, multimedialitaqdimotlarni tayyorlash, tarmoq ichida ma’lumotlarni izlash hamdamuloqot qilishva hokazo. «Kompyuter savodxonligi» keng qamrovli tushuncha bo‘lib, qator ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Ular orasidan eng zarur tayanch qismini ajratib olish muhimdir. Axborot texnologiyalari zamonaviy o‘qituvchi faoliyatidagi vazifalar (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, internet tarmog’idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash)nigina bajarish uchun emas, balki fan yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak. Fan o‘qituvchilari egallashi lozim bo‘lgan minimaltayanch ko‘nikmalar: 1. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish(asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish): · Kompyuter nima? · Kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)? · Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to‘xtatiladi? 2. Dasturiy ta’minot haqida bilimga ega bo‘lish: · Windows operatsion tizimidaishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish); · amaliy va o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rnatish va kompyuter xotirasidan o‘chirish. 3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalanish: · matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va uzatish; · matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash; · elektron jadval muharrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash; · multimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish; · grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash. 4. Internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanish: · internet tarmog’ida ta’lim jarayoniga oid materiallarni,ma’lumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterda saqlash; · tarmoq orqali veb-forumlarda va veb seminarlarda (internet tarmog’i orqali o‘tkaziladigan seminarlarda) ishtirok etish; · elektron pochta xizmatidan foydalanish; · internet tarmog’i orqali muloqotlarni amalga oshirish; · ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish. Umumta’lim muassasasi xodimlari AKT savodxonligi bilan chegaralanmay, undan ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida oqilona foydalanish metodikasiga ham ega bo‘lishi zarur. Ya’ni, har bir fan o‘qituvchisi darsda kompyuter qurilmalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishi zarur. Shu sababli malaka oshirish kurslarida AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki kompyuter savodxonligiga ega bo‘lish undan amalda samarali foydalanilayotganini bildirmaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, savodxonlikkaega bo‘la turib, ba’zi o‘qituvchilarningdars jarayonida AKTdan samarali foydalana olmasligi ko‘plab davlatlar ta’lim tizimiga xos muammo. Mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanish metodikasiga oid ko‘nikmalarga pedagogik vositalar yaratishda matn va jadval muharrirlarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muharrirlarida funksiyalarning grafiklarini yaratish va boshqalar)ni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni bilishni nazarda tutadi. Xulosa qilib aytganda zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilarda AKTdan foydalanishda hamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni hal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qila olish va umumlashtirish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishga qodir bo‘lishi kerak. Bahodir BOLTAEV, Respublika ta’lim markazining ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish bo‘limi bosh metodisti, fizika-matematika fanlari nomzodi Izohlar
Просмотров: 1132 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Oktabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz