O‘quv maqsadlari ta’lim jarayoni oxirida kutilayotgan natijaning yozma tavsifidan iborat. Ma’lumki, ta’lim jarayonida ikki tomon: ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi ishtirok etadi. Ta’lim oluvchilar bu o‘rganuvchi o‘quvchi, talaba yoki tinglovchilardir. Ta’lim beruvchilar esa o‘rgatuvchi, o‘qituvchilar yoki ustalardir. O‘quv maqsadlari ta’lim jarayoni ishtirokchilarining qaysi biri tomonidan qaralishiga qarab, o‘rganish va o‘rgatish maqsadlariga ajratiladi.
An’anaviy ta’limda odatda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalanadi. Masalan: «O‘quvchilarga qo‘lda suvoq qilish usullarini o‘rgatish». Bunda pedagog tomonidan maqsadning qo‘yilishi uning o‘z faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, bu bilan ta&rsq
...
Davomini o'qish »