Hayotda har qaysi insonning ezgu orzu-umidlarj bo'ladi. Ayniqsa, ozod va obod Vatanda o'sib-ulg'ayayotgan, qalbi pok his-tuyg'ular bilan to'lgan yoshlarning orzulari bir olam. Ana shu orzularning eng ulug'i - ota-onaga, el-yurtga beminnat xizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidildan ado etishdir. Bu orzuga erishish uchun inson bolalikdan boshlab o'z oldiga aniq maqsad qo'yib, zarur bilim, ko'nikma va hunarlarni egallashi, ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom va baquvvat bo'lishi lozim. Chunki buyuk orzular buyuk intilish va harakat, katta kuch-quvvatni talab etadi. Ana shu g'oyat og'ir va murakkab yo'lda Vatanga muhabbat hissi barchamizga madad bo'ladi.
Vatanga muhabbat - eng ulug' tuyg'u. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov bu tuyg'uning inson hayotidagi o'rni haqida alohida fikr yuritib, «Tarix
...
Davomini o'qish »