«Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asaridagi bu hikmatli so‘zni takror va takror o‘qir ekanman, bu sharafli so‘zlar menga tuganmas kuch baxsh etayotganini his etaman. Salkam yarim asrlik pedagogik faoliyatim davomida minglab yoshlarga imkonim qadar ilm berishga harakat qilgan bo‘lsam-da, hali ham zimmamdagi mas’uliyat meni tinimsiz izlanish va zamon bilan hamnafas yashashga undaydi. Millatning ertangi kuniga egalik qiluvchi vorislarning nechog‘li kamol topishlari, murg‘ak qalblarga ziyo nurini olib kiradigan biz muallimlarga bog‘liq ekan, bu kasbning mas’uliyati va sharafi haqida yana ne deyish darkor?! Istiqlolimizning 20 yillik to‘yiga ulkan muvaffaqiyatlar bilan hozirlik ko‘rilayotgan ayni daml
...
Davomini o'qish »