Hayotda har qaysi insonning ezgu orzu-umidlarj bo'ladi. Ayniqsa, ozod va obod Vatanda o'sib-ulg'ayayotgan, qalbi pok his-tuyg'ular bilan to'lgan yoshlarning orzulari bir olam. Ana shu orzularning eng ulug'i - ota-onaga, el-yurtga beminnat xizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidildan ado etishdir. Bu orzuga erishish uchun inson bolalikdan boshlab o'z oldiga aniq maqsad qo'yib, zarur bilim, ko'nikma va hunarlarni egallashi, ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom va baquvvat bo'lishi lozim. Chunki buyuk orzular buyuk intilish va harakat, katta kuch-quvvatni talab etadi. Ana shu g'oyat og'ir va murakkab yo'lda Vatanga muhabbat hissi barchamizga madad bo'ladi.
Vatanga muhabbat - eng ulug' tuyg'u. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov bu tuyg'uning inson hayotidagi o'rni haqida alohida fikr yuritib, «Tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi, deb ta'kidlaydi.
Haqiqatan ham, agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ona yurtga mehr-muhabbat oddiy insonlarga ham ulkan kuch-qudrat, azm-u shijoat baxsh etib, ularni tengsiz jasoratlarga undaganiga guvoh bo'lamiz. Masalan, biz yaxshi biladigan Shiroq haqidagi rivoyatni esga olaylik. Shiroq - oddiy cho'pon. Uning harbiy qurol-yarog'i ham, askari ham yo'q. Faqat qalbida o'z vataniga cheksiz muhabbati bor, xolos. Ana shu buyuk tuyg'u uni tish-tirnog'igacha qurollanib, mo'ri malaxdek yopirilib kelayotgan sonsiz-sanoqsiz yovga qarshi yakka-yu yolg'iz kurashga chiqishga chorlaydi. Shiroq o'zining dushman qo'lida o'lishini oldindan
biladi. Lekin bu, yuqorida aytilganidek, eng ulug' maqsad - Vatan ozodligi, uning himoyasi yo'lidagi sharafli o'lim ekanini u yaxshi anglaydi va aynan shu bois bu yo'lni tanlaydi.
Shiroq o'z joni evaziga qancha-qancha yurtdoshlarini o'limdan, yovga qul bo'lishdan, shahar-qishloqlarni esa vayronagarchilik, talon-torojdan saqlab qoladi. Yana bir muhim tomoni - u o'z qahramonligi orqali hech qachon zulm va bosqinchilik bilan butun bir xalqni yengib bo'lmasligini, uning mard farzandlari bunga aslo yo'l qo'ymasligini isbotlaydi.
Shiroqqa o'xshagan qo'rqmas va botir o'glonlar dunyodagi barcha xalqlarda hamma zamonlarda ham bo'lgan. Chunki har qanday xalqning tinch va osuda hayoti, baxt-u saodati uning mard va bahodir farzandlariga bog'liq.
Jahondagi har bir ota-ona, har bir xalq katta umidlar bilan farzand o'stirar ekan, ularning avvalo mard va botir, o'z uyi va yurtini himoya etishga qodir insonlar bolib voyaga yetishini istaydi. Dunyo xalqlarining ertaklari, qo'shiq va dostonlariga, onalar tomonidan aytiladigan allalariga e'tibor beradigan bo'lsak, ularda mardlik va qahramonlik asosiy mavzu ekaniga ishonch hosil qilamiz. Masalan, hindlarning «Mahobxorat» va «Ramayana» kabi qadimiy doston yunonlarning Prometey, Antey, Gerakl va Odissey singari afsona qahramonlari, azaldan biz bilan yonma-yon yashab kelgan. Shu xalqlarining barchasi uchun umumiy bo'lgan Rustami doston, Suxrob, Siyovush, Jamshid, Bahrom, Farhod kabi alp pahlavon timsolida mardlik va botirlik ulug'langan.
Onalarimizning allalarida qadim-qadim zamonlardan boshlab o'gil bolalar «arslonim», «pahlavonim», «Alpomishim» degan so'zlar bil e'zozlangan. «Uch-og'ayni botirlar», «Semurg' va Bunyod», «Toxir va Zuhra» kabi ertaklarimizda, «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Kuntug’mish» singari dostonlarimizda mardlik va ezgulik eng yuksak insoniy fazilat sifatida kuylanadi. Bularning barchasi xalqimiz uchun farzandlarini hech narsadan qo'rqmaydigan, ota-onasi, oilasi, el yurtining sha'n-u sharafi, obro'-e'tiborini saqlash yo'lida hamma narsaga qodir insonlar qilib tarbiyalash eng buyuk, eng muqaddas orzu bolib kelganidan dalolat beradi. Shu ruhda tarbiya topgan To’maris, Alp Erto'ng'a (Afrosiyob), Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi ko'plab ajdodlarimiz xalqimiz o'z yeri, o'z Vatanini munosib himoya qilishga qodir ekanini tarixda necha bor isbotlab bergani, hech shubhasiz, shunday ulug' zotlarning, ular boshlab bergan, asrlardan asrlarga bezavol olib o'tgan shonli an'analarni davomchilari bo'lgan biz — avlodlar uchun ibrat namunasi bo'lib xizmat qiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov el-yurtimizning boy merosi, jumladan, «Alpomish» dostonining yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos ahamiyatini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgani bejiz emas, albatta «Xalqimizning yengilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko'zlardan, balo-qazoiardan asrashga qodir, kerak bo'lsa, bu yo'lda jonini ham fido qilishga tayyor azamat o'g'lonlarimiz - bugungi alpomishlarning ma'naviy qiyofasini ko'ramiz.
Bu so'zlarni o'qir ekanmiz, mustaqllikka erishganimizdan so'ng mamlakatimizda soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish eng asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangani chuqur tarixiy va ma'naviy asosga ega ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. O'tgan davr mobaynida ana shu maq-sadni amalga oshirish bo'yicha juda katta ishlar qilindiki, buni yoshlarimiz o'z maktabidagi shart-sharoitlar, o'qish jarayonidagi qulayliklar misolida amalda ko'rib, ulardan har kuni bahramand bo'lmoqda.
Azim poytaxtimiz Toshkent shahridagi «Vatanga qasamyod» haykalini yaxshi bilshimiz kerak. Bu shunchaki haykal emas, mardlik, jasurlik va fidoiylik qasidasi, Vatan himoyachilari mard o'g'lonlarimiz sharafiga qo'yilgan yuksak obidadir. Alpomish, o'sib-ulg'aygan yurt - Surxon zaminida, Termiz shahrida barpo etilgan Alpomish haykali haqida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin.
Ma'lumki, har bir yigitning o'z xalqi va ona yurti oldidagi muqaddas burchi bo'lgan harbiy xizmatga — Vatan himoyasiga kirishar ekan, askar libosini kiygan farzandlar tantanali qasamyod qabul qiladi.
«Oriyatni, g'urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo'yadigan bizning xalqimiz uchun harbiy qasamyod - bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha'ni, or-u nomusini o'rtaga qo'yib, o'z zimmasidagi mas'uliyatli va sharafli burchni ado etishga bel bog'lab, ahd-u paymon qilish marosimidir
manba: kitob.uz
|