Amir Temur o`z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo`lgan Movarounnahrning, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Uning har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham me'morlik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati bo`lgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g`isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar mamlakatda go`zal imorat-u inshootlar bino qiladilar. Amir Temur Tabrizda. masjid, Sherozda saroy, Bag`dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi.
Amir Temur o`zining saxovati va himmatini Shahrisabz va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda ko`rsatdi. o`zining ona-Vatani Shahrisabzda otasi va o`g`li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda dunyoga dong`i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko`tardi. Bu muhtasham saroyning peshtoqi, toq-u ravoqlari va devorlari zangori va oltin rangdagi arabiy naqshli koshinlar, guldor o`ymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga "Agcir hizning quvvut va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq" degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.
Oqsaroy.Shahrisabz.XIV asr.
Mo`g`ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri Amir Temur davrida o`zining qadimgi o`rnidan birmuncha janubroqda boshdan oyoq yangitdan qayta quriladi. Shahar tevaragi Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So`zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal'a devor bilan o`rab chiqiladi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko`ksaroy va Bo`stonsaroylar bino qilindi. Ko`ksaroy to`rt qavatli bo`lib, gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi. Ko`ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o`tqizish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o`tqizadigan toshdan taxt kursi - Ko`ktosh qo`yilgan edi. Bulardan tashqari, arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog`lar yasaydigan ustaxona va aslahaxona, tangalar so`qiladigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi.
Samarqandda saroylar, masjidlar, madrasalar, raaqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog`-rog`lar barpo etiladi. 1403-1404-yillarda Samarqandda bo`lgan Ispaniya elchisi Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda Shohizinda me'moriy yodgorliklari majmuasidagi ba'zi ajoyib maqbaralar, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo`lgan Jome masjidi va boshqalar bino qilinadi.
Bu davrda Samarqandda yangi, ko`rkam va muhtasham binolardan tashqari turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko`taradi. Amir Temur bu mahallalardagi hunarmandlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan edi.
Amir Temur Samarqand atrofida ko`pgina go`zal bog`lar qurdirdi. Mohir me'mor, tajribali sohibkorlarning aql-zakovati, mehnati-yu mahorati bilan barpo etilgan Bog`i Dilkusho, Bog`i Chinor, Bog`i Bihisht, Bog`i Baland, Davlatobod, Bog`i Nav, Bog`i Shamol, Bog`i Jahonnamo, Bog`i Maydon kabi chorbog`lar va ulardagi go`zal ko`shklar o`sha davr bog`dorchilik sarTatining namunalaridandir. Tuzilishiga ko`ra bog`lar 2 turga bo`lingan. Birinchi turdagi bog`lar har tomoni taxminan 1 km masofaga cho`zilgan to`rtburchak shakldagi chorbog`lardir. Ikkinchi turdagi bog`lar geometrik shaklda bo`lmay, tabiiy daraxtzor va chakalakzorlar bag`rida barpo etilgan. Bunday bog`lar hukmdor shikor qilishi uchun mo`ljallangan. Bu turdagi bog`larning o`simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo`lgan.
Shaharning sharq tomonida Bog`i Dilkusho joylashgan. Uning tashqi hovlisida hashamatli saroy bo`lib, unda qurollangan askarlar turgan, ichki hovlida esa tug`lar bilan bezatilgan olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli Amir Temurning mehmonlarni qabul qiladigan oitin taxtli qarorgohi bo`lgan. Amir Temur Klavixoni ana shu bog`da qabul qilgan. Qolgan bog`lar ham o`ziga xos ajoyib usulda barpo etilgan edi.
Jome masjidi - juma namozi o`qiladigan masjid,
Shikor – ov
Go`ri Amir maqbarasi.XV asr.
Bu davrda Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o`nlab sug`orish tarmoqlari qurilib, dehqonchilik maydonlari kengaytiriladi. Yangiyangi qishloqlar barpo etiladi. Amir Temur o`z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ka'targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag`dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan 'atadi. Chunki Samarqand kattaligi,go'zalligi hamda tevarakatrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog`i lozim edi.
Movarounnahr shaharlarida, ayniqsa uning poytaxtida savdo va hunarmandchilik g`oyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Shahar bilan dehqonchilik vohalari va chorvador ko`chmanchi aholi o`rtasida savdo aloqalari kengayadi. Shaharlar mol ayirboshlash savdosida muhim rol o`ynaydi. Bu paytlarda Samarqandda savdo va hunarmandchilik juda ham rivoj topgan. Tashqi savdoda ham Samarqand katta o`rin tutgan. Samarqandda chet el mamlakatlaridan, xususan Xurosondanma'danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar, o`zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini o`z kundaligida qayd etgan.
Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan o`rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga boradigan xalqaro savdo yo`li - Buyuk ipak yo`lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta'minlash bo`yicha muhim chora-tadbirlar ko`rganlar. Sharq bilan g`arb o`rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi.
manba : Ziyonet
|