Seshanba, 24.12.2024, 05:16
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Yanvar » 27 » 2-sinflar uchun yangi chet tili darsliklari
18:58
2-sinflar uchun yangi chet tili darsliklari
2-sinflar uchun yangi chet tili darsliklari taqdimoti o'tkazildi 

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining 2-sinfi uchun mo'ljallangan yangi chet tili darsliklarinig taqdimoti o'tkazildi. Mazkur o'quv darsliklari yangi davlat ta'lim standartlari va talablari asosida yaratilgan.  2014 yil 11 yanvar kuni Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida davlatimiz rahbarining "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va galdagi amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlarga bag'ishlangan videokonferentsiya bo'lib o'tdi.

 Videokonferentsiya doirasida umumta'lim maktablarining 2-sinfi uchun yaratilgan chet tillari darslik majmualarining taqdimoti ham o'tkazildi. Unda yaratilgan ingliz, frantsuz, nemis tili darsliklari mualliflari "Kids’ English-2” – S.Xan, L.Jo'raev, M.Ogay, "Deutsch macht spab-2” – M.Dadaxo'jaeva, "Hirondelle-2” – S.Rahmonov va barcha viloyatlardagi amaliyotchi o'qituvchilar ishtirok etdi.

 Shu o'rinda aytish kerakki, 2-sinf o'quvchilari uchun "Kids’ English-2” darslik majmuasi tajriba-sinovdan o'tkazish uchun yaratilib, Respublika komissiyasining 2013 yil 28 dekabrdagi 5-sonli bayoni asosida vazirlikning buyrug'i bilan 100 ta maktabda 2014 yil 11 yanvardan 20 martgacha tajriba-sinovdan o'tkaziladi.

 Bugungi kunda 2-sinf ingliz tili darsligi va mashq daftari 2500 nusxada, o'qituvchi kitobi 200 nusxada O'zbekiston nashriyotida chop etilib joylarga etkazildi. Disklari ham vazirlik qoshidagi Multimedia markazida tayyorlanib 200 dona ko'paytirildi. Frantsuz va nemis tili darslik majmualari tajriba-sinov maydonlariga elektron variantda etkazildi.

 Tajriba-sinov ishlari respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumta'lim maktabi bazasida tajriba-sinov sifatida chet tillarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan sinflarda tashkil etiladi.

 

Manba:  Xalq ta'limi vazirligi
 Axborot xizmati

27.01.2014 y.

Просмотров: 976 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Yanvar 2014  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz