Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2013 yil 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonuniga bag'ishlangan video-seminar tashkil etildi.
Video-seminarda Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari, hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarining hamda barcha tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlarining vasiylik va homiylik masalalari bo'yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda joriy yil 2 yanvar imzolangan O'zbekiston Respublikasining "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning haq-huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati yig'ilganlarga keng tushuntirildi.
Seminar davomida "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi qonun vasiylik va homiylik institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish, vasiylik va homiylikni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish, ijti
...
Davomini o'qish »