Bugungi kunda Toshkent viloyati xalq ta’limi tizimida 1348 ta ta’lim muassasasi, jumladan 406 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 871 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2 ta Mehribonlik uyi, 31 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 19 ta “Barkamol avlod” markazi, 19 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qabul qilingan davlat dasturlari doirasida mazkur ta’lim muassasalarining samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, viloyatda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bi
...
Davomini o'qish »