Prezidentimiz Islom Karimov raisligida 24-fevral kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Davlatimiz rahbari o‘tgan yili Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan ishlar, uning faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari xususida atroflicha fikr yuritdi.
– Bolalar sportini rivojlantirish, shu orqali ularni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan bu tizimning yo‘lga qo‘yilgani har jihatdan to‘g‘ri bo‘lganini bugun hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi, – dedi Prezidentimiz. – Sport odamlarning oilasiga, ongiga kirdi, turmush tarziga aylandi. Ota-onalar o‘zlari bolalarini sport to‘garaklariga yetaklab kelmoqda. Sport bilan shug‘ullangan o‘g‘il-qizlarimiz sog‘lom, baquvvat va qat’iyatli bo‘lib ulg‘aymoqda, ularning dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz bu borada ham uyg‘ondi.
Mamlakatimizda bu olijanob maqsad yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va izchil davom e
...
Davomini o'qish »