Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Sog‘lom bola yili" Davlat dasturiga asosan maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashga mo‘ljallab chop etilgan besh nomdagi ("Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorgarlik", "Matematik tasavvurlarni shakllantirish", "She'riy asarlar to‘plami", "Nasriy asarlar to‘plami", "Sog‘ tanda - sog‘lom aql") qo‘llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanishini ta'minlash tartibi tasdiqlandi. Xalq ta'limi vazirligining maktabgacha ta'lim muassasalari bo‘limi boshlig‘i Sabohat Mirjalilova bilan suhbatimiz shu xususda bo‘ldi.
- MTMga qamrab olinmagan bolalar uchun chop etilgan besh nomdagi qo‘llanmalarni joylarga yetkazish va ulardan foydalanish tartibi haqida so‘zlab bersangiz.
- Mazkur tartib besh nomdagi rangli, suratli kitoblarni manzilli ro‘yxat asosida bosqichma-bosqich joylarga yetkazishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra, jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Avvalo, Respublika "Ta'limta'minot" unit
...
Davomini o'qish »