O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015-yil 2-yanvar juma kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan texnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan holatlarda ishlashga yo‘l qo‘yilsin.
Bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014-yil 26-dekabr
Просмотров:
751
|
Добавил:
Baxodir
|
Дата:
28.12.2014
|
|