Yakshanba, 06.10.2024, 06:42
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 13
Mehmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Sentabr » 30 » “Yilning eng yaxshi maktab direktori”
09:57
“Yilning eng yaxshi maktab direktori”

“Yilning eng yaxshi maktab direktori” aniqlandi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichi o`tkazildi.  Tanlovda barcha hududlardan saralab olingan 28 nafar maktab direktorlari qatnashdi.
Mazkur tanlov Xalq ta`limi vazirligi tomonidan eng ilg`or maktab direktorlarini aniqlash va ularning tajribasini ommalashtirish maqsadida tashkil etiladi. Tanlovda kamida 3 yil direktorlik ish tajribasiga ega, mehnat jamoasi o’rtasida obro’li, maktabda sog’lom muhitni yarata olgan, keyingi 3-5 yil davomida jamoasi muayyan natijalarga erishgan, o’z kasbiga fidoiy, sadoqatli, kompetentli, ijodkor, tashabbuskor bo’lgan maktab direktorlari ishtirok etishi mumkin.
Joriy yilda respublika miqyosida  jami 552 nafar maktab direktori o’zlarining “Kelajak maktabi” konsepsiyasi orqali ushbu tanlovning ilk bosqichida qatnashdi. Konsepsiyalar hakamlar hayati tomonidan ko’rib chiqildi va har bir viloyatdan 4 nafardan direktorlar saralab olindi. Mazkur saralab olingan direktorlarning maktablari o’rganib chiqildi. O’rganishlar natijasi asosida har bir viloyatdan 2 nafardan maktab direktori ko’rik-tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi. 
Ko’rik-tanlovning yakuniy Respublika bosqichida qatnashgan 28 nafar maktab direktori hakamlar hay’ati tomonidan uch tur bo’yicha baholandi. Bular:
1.Dars tahlil qilish;
2.Pedagogik kengashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish;
3.“Kelajak maktabi” konsepsiyasi taqdimoti.
3 tur natijalariga ko’ra har bir viloyatdan g’oliblikni qo’lga kiritgan maktab direktorlari e’lon qilindi. G’oliblarga Xalq ta’limi vazirining “Yilning eng yaxshi maktab direktori” 1-darajali diplomi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni hamda eng kam oylik ish haqining 9 baravari miqdorida pul mukofoti berildi. 
Quyida “Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik-tanlovining g’oliblari bilan tanishasiz:
 
T/R G’olib ishtirokchining ismi, sharifi Hududlar nomi
1. Qdirniyazov Nurlibek Po’latbekovich Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumanidagi 21-sonli maktab direktori
2. Mamajonova Manzuraxon Kamolovna

Andijon viloyat Shaxrixon tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori

3. Burxanova Xafiza Madjitovna Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 17-sonli maktab direktori
4. Xalilov Dilshod Muzaffarovich Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 13-sonli maktab direktori
5. Abdullayev Kamtar Nuraliyevich Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 26-sonli maktab direktori
6. Bo’riyev Fozil Azamatovich Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 8-sonli maktab direktori
7. Latipova Maxmudaxon Komilovna Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 43-ixtisoslashtirilgan maktab direktori
8. Nosirova Muxayyo Baxtiyorovna Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 11-ixtisoslashtirligan maktab direktori
9. Jonnazarova E’tibor Xudoynazarovna Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 1-sonli maktab direktori
10. Qorayeva Raxobza Xursandovna Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 62-sonli maktab direktori
11. Akromova Viloyat Jo’rayevna Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 6-sonli maktab direktori
12. Usmonova Xolisxon Islomovna Farg’ona viloyati Quva tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori
13. Yusupov Matkarim Rajabovich Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 5-sonli maktab direktori
14. Xusanboyeva Nilufar Qosimboyevna Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi         144-sonli maktab direktori
 
 
 
 
manba uzedu.uz
Maqola sanasi Maqola sanasi: 18 Sentyabr 2014 16:46
 
Просмотров: 975 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Sentabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz