2017.08.29 | Yangiliklar
Yangi o‘quv yili mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida joriy yil 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!”mavzusidagi “Mustaqillik darslari” hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bilan boshlanadi.
“Mustaqillik darslari”ni vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taqdimot asosida tashkil etish, “Xotira darslari”da O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmni namoyish etish tavsiya etiladi.
Taqdimot materiallari va hujjatli filmni vazirlikning www.uzedu.uz veb-saytidan yuklab olish mumkin.
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot xizmati |