Seshanba, 24.12.2024, 05:18
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Noyabr » 14 » Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar ...
17:09
Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar ...
“Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 12 oktabrdagi “Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 2012 yilning 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Respublika miqyosidagi tajriba-tadqiqot maydonchasi 116-maktabda o‘tkazildi. Konferensiyada Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.X.Daniyarov, Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.M.Asadov, Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish Bosh boshqarmasi boshlig‘i F. Axmedov, Respublika ta’lim markazi direktori I. Zokirov, XTV huzuridagi “ZioNET” resurs markazining bo‘lim boshlig‘i U.Taylaqov, xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi xodimlari, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti, Toshkent shahri va Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlari o‘qituvchilari, tajriba-tadqiqot maydonchasi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va viloyat metodika markazi direktorlari, hududiy xalq ta’limi boshqarmalarida tajriba-tadqiqot jarayonidagi tadqiqotchi o‘qituvchilar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalarida AKTni joriy etishga mas’ul metodistlar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari Davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari boshliqlari va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Konferensiyada jami 179 nafar ishtirokchi qatnashdi. Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, yalpi yig‘ilishdan boshlanib, uni Xalq ta’limi vazirligining boshqarma boshlig‘i Y. Asadov ochdi. Yalpi yig‘ilishda: Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.X.Daniyarov “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni”, Umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.M.Asadovning “O‘quv-tarbiya jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishda amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalar to‘g‘risida”, “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish texnologiyalarini tajriba-tadqiqot jarayonida takomillashtirish” mavzusida Respublika Ta’lim markazi direktori I.Zokirovning, “Yoshlar hayotida “ZioNET” jamoat axborot ta’lim tarmog‘ining bugungi kundagi o‘rni” mavzularida XTV huzuridagi “ZioNET” resurs markazining bo‘lim boshlig‘i U.Taylaqovlarning ma’ruzalari tinlandi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishdagi ilg‘or tajribalar taqdimotlari o‘tkazildi, shu jumladan: “Dars muqaddas” va “O‘rgan-o‘rgat” tavsiyalari asosida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ham xisobotlar tinglandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Navoyi, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari, Toshkent shahri shu tavsiyalar asosida bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Yalpi yig‘ilishdan so‘ng mazkur tajriba-tadqiqot maydoni o‘qituvchilarining namunaviy darslari kuzatildi.Jumladan:Ona tili - R. To‘laganova, 7-sinf, “Olmoshlar”, Ingliz tili - S. Nig‘matova, 8- sinf, “Radio tinglash”, Boshlang‘ich ta’lim (tabiatshunoslik) - D. Yo‘ldosheva, 3-sinf, “Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, Biologiya - G. Shukurova, 8- sinf, “Imunitet”, Tasviriy san’at - N. Rahmatova, 7-sinf, “Sinf emblemasi”, Fizika - M. Po‘latova, 9-sinf, laboratoriya ishi, Matematika - M. Xudoyberdieva, 7-sinf, “Masalalarni tenglimalar yordamida yechish” kabi mavzulardagi namunaviy darslardir. Konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasiga mavzu asosida hududlardan 169 ta tezislar olindi. Ayni paytda tezislar to‘plami nashrga tayyorlanmoqda. Qumrixon Sultonova, RTM bosh metodisti
Просмотров: 1330 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Noyabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz