Yakshanba, 06.10.2024, 06:32
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 7
Mehmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Iyun » 15 » Maqsad sari yo'l
08:57
Maqsad sari yo'l

Maqsad sari yo'l Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularning kasb-hunar egallashiga ko'maklashish xalq ta'limi tizimining pirovard maqsadi hisoblanadi. Bitiruvchilarni ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olishda o'quv muassasalari va ota-onalar hamkorligi yaxshi samara bermoqda. Kollej va litseylardagi mavjud mutaxassisliklar, ta'lim muassasalari imkoniyatlari haqida bitiruvchilarni xabardor etish, ular orasida keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish o'quvchilarning mustaqil ravishda o'z iqtidori va iste'dodidan kelib chiqib kasb tanlashlarida muhim o'rin tutmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o'qitish bilan qamrab olishni ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori ish faoliyatimizda dasturilamal bo'lib xizmat qilayotir. Ayni paytda maktab bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga to'liq jalb qilish, ularni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi hududiy O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari bilan hamkorlikda bir necha bor “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini o'tkazdi. Mazkur tadbirlarda o'quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Qolaversa, o'quvchi-yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan “Orzuimdagi kasbim — bog'im”, “Mustahkam oila”, “Kasb tanlovi”, “Tanlagan kasbing —hayot yo'ling” va “Kasb tanlashda adashma!” singari mavzulardagi trening mashg'ulotlari ham yaxshi natijalar berayotir. Umumta'lim maktablarining 8 va 9-sinf o'quvchilari o'rtasida “Men orzu qilgan kasb” mavzuida insholar tanlovi o'tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida “Otalar yig'ilishi”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Kasblar festivali”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, hududdagi ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo'jaliklari va boshqa tashkilotlarga sayohatlar, o'z mehnati va fidoyiligi tufayli obro'-e'tibor qozongan kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tabiiyki, bunday tadbirlar yoshlarning o'zlariga mos kasb-hunar tanlashlarida qo'l keladi. Yoshlar — yurt kelajagi. Demak, ularning kasb-kor tanlashda to'g'ri yo'ldan borishlariga javobgarlik hissi har birimizdan katta mas'uliyat talab etadi. Maktab bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga yo'naltirish masalasiga joylardagi mahalliy hokimlik vakillari, keng jamoatchilik ham jalb qilinganligi alohida ahamiyatga ega. Binobarin, mahallalarda maxsus nazorat daftari yuritilib, unda ushbu hududda yashovchi har bir bitiruvchining umumiy o'rta maktabdan keyingi faoliyati mahalla faollari, uchastka nozirlari, jamoatchilik vakillari va maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda. Qolaversa, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorlikda o'quvchilarni 2014/2015 o'quv yili uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish elektron dasturi ishlab chiqilgan. Bugungi kunga qadar har bir maktabda bitiruvchilar va ularning ota-onalaridan farzandlari qaysi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qish istagini bildirganligi haqidagi arizalari asosida (shahodatnomadan tashqari) yig'ma hujjatlar jildi shakllantirildi. Ma'lumki, bu yil respublikamiz bo'yicha jami 501 ming 234 nafar o'quvchi 9-sinfni bitirdi. O'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, ularning 44 ming 393 nafari akademik litseylarda, 456 ming 841 nafari kasb-hunar kollejlarida o'qish istagini bildirgan. Qolaversa, respublika bo'yicha imkoniyati cheklangan va yakka tartibda uyda tahsil olayotgan 2651 nafar bitiruvchi o'rtasida ham so'rovnoma o'tkazildi. Shu asosda sog'liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ularning tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi tashkil etildi. Muxtasar aytganda, bunday tadbirlardan ko'zlangan maqsad, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, navqiron avlodning bilimli, kasb-korli va sog'lom bo'lib kamol topishini ta'minlashga hissa qo'shishdir. Kamol G'AFUROV, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi respublika Tashxis markazi rahbari

Просмотров: 1484 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Iyun 2014  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz