Seshanba, 24.12.2024, 04:42
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2015 » Noyabr » 20 » Maktab qish mavsumiga tayyormi?
07:41
Maktab qish mavsumiga tayyormi?

Havo sovib, yog‘ingarchilik boshlandi. Bunday ob-havo sharoitida odamlarning salomatligi, o‘qish va mehnat samaradorligi ko‘p jihatdan ish joylari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik bilan qay darajada ta’minlanganiga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan isitish tizimlarini sozlash, ta’lim muassasalari binolari, ayniqsa, ularning tomlarini ta’mirlash kabi yumushlar izchillik bilan amalga oshirilayotir. Vazirlik tasarrufidagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar qish mavsumiga shay holga keltirilmoqda. Bu jarayonda ta’lim maskanlarining muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, isitish tarmoqlarini ta’mirlash va yangilash, tog‘li hududlardagi muassasalarda ko‘mir jamg‘arishga alohida e’tibor berilmoqda.

Mavsumga tayyorgarlik ishlari vazirlik va hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, hokimliklar, tegishli tashkilot va korxonalar hamkorligida amalga oshirilayotir. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning ijrosi doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 7-iyuldagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi joriy va mukammal ta’mirlanadigan ta’lim muassasalarining ro‘yxati shakllantirilgan. Unga ko‘ra, bugungi kunga qadar 145 umumta’lim maktabi, 219 maktabgacha ta’lim muassasasi, 12 maxsus maktab-internati va Mehribonlik uylarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. 2 mingdan ziyod maktab, 1,5 mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasasi, 50 maxsus maktab-internati joriy ta’mirdan chiqarilgan.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kapital va joriy ta’mirlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratilib, mavjud qozonxonalar bir necha turdagi yoqilg‘iga moslashtirildi va mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Mavsum oldidan 1089 qozonxona ta’mirlanib, 132 ming metrdan ziyod ichki, 9 ming metrdan ortiq tashqi isitish tizimlari almashtirildi, 225 ming kvadrat metrdan ziyod tomlar ta’mirlandi, qariyb 8 ming metr issiqlik tarmog‘i izolatsiya qilindi.

– Qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasidagi chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda, – deydi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Uzoqov. – Chunki qishning ayozli kunlarida sinf xonalarda mo‘tadil haroratni yaratib, darslarning to‘liq o‘tilishiga erishish, eng muhimi, bolalarning sog‘lig‘ini asrash asosiy vazifadir. Buning uchun yoz oylaridayoq ta’lim muassasalaridagi isitish tizimlarining nosoz qismlari ta’mirlanib, yoqilg‘i materiallari tayyorlab qo‘yildi. Birgina Toshkent shahrida 273 umumta’lim maktabining ichki va tashqi isitish tizimlari ta’mirdan chiqarildi. Hozirgi kunda o‘ttizdan ziyod isitish qozoni va 72 ming kvadrat metrdan ortiq tomni kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Kuz-qish davrida tabiiy gaz bilan ta’minlangan va markaziy isitish tizimiga ulangan ta’lim muassasalarida mavsum bilan bog‘liq barcha yumushlar o‘z vaqtida amalga oshiriladi. Vazirlik tomonidan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda chekka hududlardagi maktablarni ko‘mir, ko‘mir briketi bilan ta’minlash bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda to‘qqiz yuzdan ziyod ta’lim dargohida uch mingdan ortiq isitish qozoni almashtirilgan.
Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 218-umumta’lim maktabi ham joriy yilda kapital ta’mirlandi. Zamonaviy sport zali, oshxona, oltita maxsus o‘quv xona o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi. Ta’lim dargohida xonalarni isitish uchun qozonxona, yoritgichlar o‘rniga energiya tejamkor lampalar, sport zali uchun zamonaviy suv isitish moslamalari o‘rnatildi.

– Sinflardagi yangi o‘quv anjomlari, mebellar, sport zalimizdagi qulayliklarni, o‘qituvchilarning ishtiyoqi va o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini ko‘rib xursand bo‘lamiz, – deydi maktab direktori Mavjuda O‘rinboyeva. – Bunday imkoniyatlarga javoban o‘quvchilarimiz namunali xulqi, a’lo o‘qishi bilan javob berayotir. Yaqinda 8-sinf o‘quvchisi Saidakbar Saydaliyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu g‘alaba butun maktabimizning yutug‘idir.

Muxtasar aytganda, mamlakatimiz ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumi oldidan olib borilayotgan keng ko‘lamli yumushlar yosh avlodning zamon talablari asosida bilim olishi, hunar o‘rganishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.


www.uza.uz

Просмотров: 830 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Noyabr 2015  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz