Kimyo fanidan o‘quvchilar o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan mavzular bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiya metod va usullaridan foydalanib, tushuntirilsa o‘quvchilarning bilim samaradorligi oshishida o‘z samarasini ko‘rsatadi.
“Xrom. Xromning birikmalari va xossalari” mavzusini o‘quvchilar ongiga yetkazishda “Aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash, Klastеr”, “BBB” ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanilishi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Ushbu mavzuni o‘tish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning Aralash, Interfaol usullaridan foydalanilgan. Dars jarayonida ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilarda ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etishi uchun imkon yaratadi. Bunda o‘quvchilarning aktiv ishtirоklari bilan dars samaradоrligini оshirish uchun yangi mavzuni mustahkamlashda fоydalanildi.
Ilg‘or pedagogik tehnologiyalarning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, bu usullardan o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. Kimyo fanini o’rgatishda asosan “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, «Klaster», “Test sinovi”, “ko’rgazma-namoyishli” usullaridan foydalanish yuqori samara beradi.
Mаzkur dars ishlanmaga о‘qituvchilаr ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin. |