O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining
2018-yil 27-iyuldagi191-sonli buyrug‘iga 1-ilova
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun
2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja
T/r
|
Fan yo‘nalishlari va o‘quv fanlari
|
Sinflar va haftalik o‘quv soatlari
|
Haftalik umumiy
soat
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
I.
|
Filologiya fanlari
|
10
|
12
|
14
|
14
|
14
|
12
|
10
|
10
|
10
|
7,5
|
9
|
122,5
|
1.1.
|
Ona tili va adabiyot
|
8
|
8
|
10
|
10
|
9
|
7
|
5
|
5
|
5
|
2,5
|
4
|
73,5
|
1.2.
|
O‘zbek tili/rus tili
|
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
20
|
1.3.
|
Chet tili
|
2
|
2
|
2
|
2
|
3
|
3
|
3
|
3
|
3
|
3
|
3
|
29
|
II.
|
Ijtimoiy fanlar
|
1
|
1
|
1
|
1
|
3
|
3
|
4
|
5
|
6
|
4,5
|
4,5
|
34
|
2.1.
|
Tarix
|
|
|
|
|
2
|
2
|
3
|
3
|
3
|
2
|
2
|
17
|
2.2.
|
Dunyo dinlari tarixi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
1
|
1
|
3
|
2.3.
|
Davlat va huquq asoslari
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
1
|
1
|
1
|
4
|
2.4.
|
Odobnoma
|
1
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Vatan tuyg‘usi
|
|
|
|
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari
|
|
|
|
|
|
|
1
|
1
|
1
|
0,5
|
0,5
|
4
|
III.
|
Aniq fanlar
|
5
|
5
|
5
|
5
|
5,5
|
5,5
|
5,5
|
6
|
7
|
6
|
6
|
61,5
|
3.1.
|
Matematika
|
5
|
5
|
5
|
5
|
5
|
5
|
5
|
5
|
5
|
4
|
5
|
54
|
3.2.
|
Informatika va axborot texnologiyalari
|
|
|
|
|
0,5
|
0,5
|
0,5
|
1
|
2
|
2
|
1
|
7,5
|
IV.
|
Tabiiy va iqtisodiy fanlar
|
1
|
1
|
1
|
1
|
2
|
6
|
8
|
9
|
9
|
7
|
8
|
53
|
4.1.
|
Fizika va astronomiya
|
|
|
|
|
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
3
|
13
|
4.2.
|
Kimyo
|
|
|
|
|
|
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
10
|
4.3.
|
Biologiya
|
|
|
|
|
1
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
13
|
4.4.
|
Tabiiyot va geografiya
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
2
|
2
|
2
|
2
|
1
|
|
14
|
4.5.
|
Iqtisodiy bilim asoslari
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
1
|
|
|
2
|
4.6.
|
Tadbirkorlik asoslari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
1
|
V.
|
Amaliy fanlar
|
5
|
5
|
5
|
5
|
6
|
6
|
6
|
4
|
4
|
4
|
2,5
|
52,5
|
5.1.
|
Musiqa madaniyati
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
7
|
5.2.
|
Tasviriy san’at va chizmachilik
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
|
|
9
|
5.3.
|
Texnologiya
|
1
|
1
|
1
|
1
|
2
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
12
|
5.4.
|
Jismoniy tarbiya
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
1
|
21
|
5.5.
|
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
1,5
|
3,5
|
VI.
|
Kasbiy ta’lim
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
6
|
12
|
|
Maktab ixtiyoridagi soatlar
|
0,5
|
|
|
|
|
|
0,5
|
0,5
|
1
|
1
|
|
3,5
|
|
Umumiy soatlar
|
22,5
|
24
|
26
|
26
|
30,5
|
32,5
|
34
|
34,5
|
37
|
36
|
36
|
339
|
|
Amaliy mehnat mashg‘ulotlari (kun hisobida)
|
|
|
|
|
6
|
6
|
10
|
16
|
|
|
|
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI cinflari uchun
2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejaga
TUSHUNTIRISH XATI
Mazkur tayanch o‘quv reja va uning tushuntirish xati quyidagi huquqiy – me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PQ-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 iyuldagi 803-f-son farmoyishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 18-avgustdagi 65QQ/43-sonli qo‘shma qo‘shma qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQvaM) asosida tuzilgan.
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasi yo‘nalishi va xususiyatiga ko‘ra quyidagi oltita blok-modullardan tashkil topdi:
filologiya fanlari;
ijtimoiy fanlar;
aniq fanlar;
tabiiy va iqtisodiy fanlar:
amaliy fanlar;
kasbiy ta’lim.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi 2018 yil 9 fevraldagi 11-son majlis bayoniga asosan boshlang‘ich sinflarda (I-IV sinf) o‘quv haftasining davomiyligi 5 kun etib belgilandi.
3. Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili fani, ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani haftasiga 2 soat hajmida II sinfdan boshlab o‘qitiladi.
4. Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarida olib boriladigan maktablarda rus tili fani o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohishiga qarab o‘quvchilar soni 25 nafargacha bo‘lgan II-XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat olinib II sinfdan boshlab o‘qitilishi mumkin.
O‘quvchi soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan holatda II-VI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 2 soat, VII-IX va XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat, X sinfda maktab ixtiyoridagi 1 soat, VII-XI sinflarda matematika fanidan 1 soat olinib sinf ikki guruhga bo‘lib haftasiga 1 soatdan rus tili fani o‘qitilishi mumkin.
Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.
5. Jahon tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan;
O‘zbekiston tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan;
dunyo dinlari tarixi fani IX–XI sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
6. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001-yil 4-yanvardagi F-1322-sonli farmoyishi asosida I-IV sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi;
V-VI sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” kursi “Vatan tuyg‘usi” fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida 17 soatdan o‘qitiladi;
VII sinfda 17 soat hajmida maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o‘qitiladi.
Bu mashg‘ulotlar dars jadvaliga kiritilishi va V, VI, VII sinf jurnalida alohida bet ajratilib qayd etilishi lozim.
Mazkur darslarning mazmunida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bolalarning mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-konvensiya, “Ishga qabul qilishuchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-konvensiya to‘g‘risida o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tushunchalar berish tavsiya etiladi.
7. Astronomiya fani XI sinfda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi
8. Iqtisodiy bilim asoslari:
I-IV sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” kursining o‘quv materiallari ona tili, o‘qish, odobnoma, matematika, atrofimizdagi olam fanlari tarkibida, sinflar kesimida 10 soatdan;
V-VII sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kursi tarix, matematika, fizika, geografiya, Vatan tuyg‘usi fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soat hajmida singdiriladi;
VIII-IX sinflarda iqtisodiy bilim asoslari fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
XI sinfda tadbirkorlik asoslari 1 soatdan o‘qitiladi.
9. Jismoniy tarbiya fani I–X sinflarda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1 soat o‘qitiladi.
10. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani X sinfda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1,5 soat o‘qitiladi.
11. O‘quvchilarga X–XI sinflarda haftada 1 kun 6 soat hajmda kasbiy ta’lim o‘rgatiladi. Mazkur mashg‘ulotlar O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tkaziladi.
12. O‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillariga asoslanib, shuningdek, kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashga maqsadli tayyorlash uchun IX-X sinflarda haftasiga 1 soat maktab ixtiyoridagi soatlar ajratilgan.Ushbu soatlar o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda filologiya, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, amaliy fanlar yo‘nalishida chuqurlashtirilgan sinflar tashkil etiladi.
13. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash
va amalga oshirish mumkin.
14. “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish uchun:
I sinfda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga 0,5 soat ajratilib, 17 soat o‘qitiladi,sinf jurnalida alohida sahifada o‘tilgan mavzular qayd etiladi;
II-VIII sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlar hisobidan 8 soatdan o‘qitiladi. “Yo‘l harakati qoidalari” mashg‘ulotlari II-VIII sinflarda maktab dars jadvaliga kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi.
15. “Hayot xavfsizligi asoslari” mashg‘ulotlarini o‘rgatish uchun:
I-IV sinflarda atrofimizdagi olam, odobnoma, jismoniy tarbiya fanlari tarkibida 17 soatdan;
V-XI sinflarda fizika, kimyo, biologiya, geografiya, Vatan tuyg‘usi va Milliy istiqlol g‘oyasiva ma’naviyat asoslari fanlari dasturlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan o‘tiladi.
16. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-IV sinflarida “Salomatlik darslari” o‘quv kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik,odobnoma, jismoniy tarbiya va fanlari tarkibiga, V-VII va IX sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursi biologiya, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlariga integratsiya qilingan holda o‘qitiladi.
VIII sinfda maktab ixtiyoridagi soatlardan foydalangan holda yiliga 17 soat o‘qitiladi.
Davra suhbatlariga mutaxassis tibbiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlari, shuningdek atrof muhitni himoya qilish yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar I-XI sinflarda 17 soatdan fanlar bo‘yicha dars mavzulari zamirida to‘garak mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy soatlarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda singdirib o‘tish tavsiya etiladi.
18. V-X sinflarda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va XI sinfda tadbirkorlik asoslari fanlari tarkibida “Davlat byudjeti”ga doir 1 soatlik mavzularni singdirib o‘qitish tavsiya etiladi.
19. “Ekologik tarbiya va atrof muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan bilimlar” I-IV sinflarda o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida, V-XI sinflarida biologiya, kimyo, geografiya fanlariga singdirib o‘qitiladi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan fanlar, V-XI sinflarda informatika
va axborot texnologiyalari, ta’lim tili o‘zbek tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida o‘zbek tili fani hamda ta’lim tili rus tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida rus tili, o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar VIII-XI sinflarda jismoniy tarbiya, V-IX sinflarda texnologiya, X-XI sinflarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.
Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.
20. V-XI sinflarda jismoniy tarbiya fani bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar sport seksiyalar tarzida o‘tkaziladi.
21. Ta’lim qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
“Oila asoslari” kursi V-VI sinfda “Vatantuyg‘usi”, VII sinfda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlari tarkibida
10 soatdan;
“Oila etikasi va psixologiyasi” kursi VIII-X sinflarda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori hamda 2018-yil 9-fevraldagi 11-son majlis bayoniga muvofiq,o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
o‘quv haftasining davomiyligi — I-IV sinflarda 5 kun,
V-XI sinflarda 6 kun;
dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi
— 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi
— 15-30 daqiqa).
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
24. Mazkur tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.
25. Barcha turdagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darslar va mashg‘ulotlar mazkur o‘quv reja asosida davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
26. O‘quv yili yakunida V-VIII sinf o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar va mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maktabda, Xalq ta’limi vazirining 2003-yil 3-noyabrdagi 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga qat’iyan rioya qilgan holda V-VI sinflarda 6 kun 3 soatdan, VII sinfda 10 kun 3 soatdan, VIII sinfda 16 kun 4 soatdan amaliy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. |