Parkent tumani XTMFMTvaTE bo‘limi tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2014 yil 24 may kuni «Xayr maktab - salom kollej» tadbiri ertalab 8.00 da maktab hovlisida ochiq maydonda va “Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lamiz” shiori ostida o‘tkazildi. Tadbir o‘quvchilarda kelajakka ishonch, ustozlarga hurmat ehtirom, Vatanga muhabbat tuyg‘ularni uyg‘otishga bag‘ishlandi.
Soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi bilan "Xayr maktab - Salom kollej” tadbiri boshlandi.
Tadbir bayramona bezatilgan maktab hovlisida havaskorlar to‘garagi chiqishlari, ota-onalar va faxriy o‘qituvchilar tabriklari bilan boshlandi. Tadbirda jonajon Vatanimizni, tinchlik-osoyishtalikni, yoshlik va muhabbatni, ustozlarga ehtiromni tarannum etuvchi she'rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Fan olimpiadalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlarda, obodonlashtirish va jamoat ishlarida faol qatnashgan yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi. So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganida har bir o‘quvchi yana bir yoshga ulg‘ayganini anglab, qalbi quvonchga to‘ldi. Qo‘ng‘iroq 9-sinf bitiruvchilari uchun maktabda so‘nggi bora darsga chorlab chalindi. Biroq 9-sinf o‘quvchilari uchun 2 sentyabr kuni qo‘ng‘iroq kasb hunar kollejlari va akademik litseylarda yana qayta chalinadi. Ular ta'liming keyngi bosqichi hisoblangan kasb hunar ta'limi olish uchun yana 3 yil davomida o‘qishni davom ettiradilar.
Tadbir so‘nggida 9-sinf bitiruvchilari «Xayr maktab - salom kollej» tadbiri doirasida hududimizdagi Parkent Agrosanoat kasb hunar kollejiga borishdi. Ular o‘rta maxsus ta'lim muassasasidagi sharoitlar, o‘quv laboratoriya xonalari bilan tanishdilar.
Maktabimizni 2013-2014 o'quv yilida 58 nafar yoshlar muvaffaqiyatli bitkazib, ta'limning keyingi bosqichida tumanimizdagi mavjud 6 ta kasb hunar kollejlarida va Toshkent viloyatidagi KHK , Toshkent shaxridagi akademik litseylarda o‘qishni davom ettirish istaklarini bildirishgan.
|