Seshanba, 24.12.2024, 04:33
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2017 » Mart » 13 » Bog‘chalarda kutubxona tashkil etiladi
07:19
Bog‘chalarda kutubxona tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida chop etilayotgan kitoblarni ta'lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda o‘qish madaniyati, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirishda alohida e'tibor qaratilgan.

Xalq ta'limi vazirligi har bir bolaning sifatli ta'lim olishiga hamda ularning o‘z potensiali va rivojlanishini to'liq amalga oshirishiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Xususan, maktabgacha ta'lim muassasalarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va jamoatchilikning bolalarga erta ta'lim berish va oilada erta kitob o'qishni tashkil etishning ahamiyati to'g'risida habardor qilish maqsadida tizimdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari qoshida kichik kutubxonalar tashkil etilmoqda. Joriy yilda 1220 ta maktabgacha ta'lim muassasasi 50 nomdagi kitoblar bilan ta'minlanadi.

Kichik kutubxona o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun sheriy to‘plamlar bilan ta'minlanadi va kitoblarni topish qulay bo‘lishi uchun har bir bo‘lim badiiy belgi: daraxt, ertak qahramonlar kabilar bilan nomlanadi.

Kichik kutubxonalar muassasa ichki imkoniyati hamda homiylarni jalb qilgan holda tashkil etiladi va bolajonlar uchun xizmat qiladi. Bolalarda mutolaa ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida tarbiyachilar tomonidan kitoblarni ifodali o‘qish, o‘qilgan kitoblar haqida suhbat, rasmlarni tomosha qilish, notanish so‘zlarni tushuntirish, adabiyot kechalari va biror mavzuga bag'ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etish kabi turli usullar qo‘llaniladi. Bu kabi usullar bola shaxsi, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi, bilish faolligining asosi sifatida umuminsoniy qadriyatlari bilan tanishishi, ijodiy tasavvurini shakllanishi, qiziquvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.

Bularning barchasi haqiqiy kutubxonaning modeli sifatida bolalar uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolada kutubxonaga borish ehtiyojini tarbiyalash va axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni berish ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda respublikada 4893 ta maktabgacha ta'lim muassasasi mavjud bo'lib, shulardan 2931 ta maktabgacha ta'lim muassasasida ma'naviyat xonalari, 526 ta muassasada muzeylar faoliyat yuritmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati

 

Просмотров: 679 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Mart 2017  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz