Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar oromgohida bilimlar bellashuvining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash va “Intellektual rivojlantirish” oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi “Intellektual-rivojlantirish oromgohi” “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida 1-navbati 18-29-iyun kunlari, 2-navbati 1-12-iyul kunlari tashkil etiladi. Bu yerda bilimlar bellashuvi hududiy bosqichlarida g‘olib bo'lgan 500 nafar iste'dodli o‘quvchi hordiq chiqaradi.
Mazkur oromgohda o‘quvchilarning bilimini yanada mustahkamlashi va jismonan chiniqishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Zarur adabiyotlar bilan ta'minlangan kutubxona, internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar, xoreografiya zali, ochiq va yopiq sport maydonchalari, suzish havzasi ular ixtiyorida.
Shuningdek, o'quvchilarni sog'lomlashtirishlarini tashkil etish bilan birgalikda, har bir fan bo'yicha mamlakatimizning yetakchi fan arboblari, madaniyat va san'at xodimlarini ishtirokida fan kechalari, mahorat darslari, viktorinalar, turli tanlov va musobaqalar o'tkazilib, o'quvchilarning fan va texnika sohasining yetuk olimlari bilan, maktablarning esa oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro hamkorligi yo'lga qo'yilgan.
Intellektual rivojlantirish oromgohining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir “O‘zbekiston – baxtiyor bolalar mamlakati” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir shodiyonalariga ulanib ketdi.
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
|