“Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlari yozgi ta’til payti bo‘lishiga qaramasdan maktabdan tashqari ta’limning dolzarb masalalarini hal qilishda davom etmoqda.
“Barkamol avlod” bolalar markazlari yurtimizda bolalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida ularning bandligini ta’minlash, ularga kerakli bilimlarni berish, bolalarni mehnatsevarlikka o‘rgatish va yosh avlodda tug‘ilgan iqtidorni qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirishmoqda.
Ushbu markazlar o‘quvchilar ijodiyoti markazlari va yoshlar markazlarining o‘rnini egalladi. O‘tgan yili ularni tashkil etish bo‘yicha dasturni amalga oshirish ishlari yakunlandi. U esa har bir shahar va tumanda qulay jihozlangan markazlar tashkil etish imkonini berdi. Masalan, Chirchiqda markazni qayta tashkil etish bilan yangi binoga ega bo‘lindi.
“Barkamol avlod” direktorining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda yangi bino tufayli bolalar o‘rtasida markaz ommalashib bormoqda. Joriy yilning may oxirida 360 nafar bitiruvchiga guvohnoma berildi. 2-iyundan esa yangi guruh mashg‘ulotlari boshlandi. Ushbu guruh mashg‘ulotlari 25-avgustga qadar davom etadi.
Markazda rasm chizish, to‘qish, “mohir qo‘llar”, raqs, ingliz tili, yosh ekologlar kabi tugaraklar faoliyat yuritadi. To‘garaklar orasida eng mashhur mashg‘ulot kompyuter grafikasidir.
Shuningdek, markazda to‘garaklarni kengaytirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
www.ut.uz