Seshanba, 24.12.2024, 04:51
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2017 » Fevral » 11 » Allomalar ijodi – o‘quvchilar nigohida
11:13
Allomalar ijodi – o‘quvchilar nigohida

Mamlakatimizda yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yoshlarning bu boradagi bilimini boyitish va rag'batlantirish maqsadida ko‘rik-tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy kechalar o‘tkazilmoqda, xususan, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng va atroflicha o‘rganish, ularning asarlarida ulug‘langan g‘oyalar mazmunini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongiga yetkazish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan umumta'lim maktablarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi o'tkazilmoqda.

Ta'lim muassasalarida buyuk bobokalonlarimiz ijodiy merosiga bag'ishlangan adabiy kechalar, ma'naviyat soatlari, ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. “Buyuk ajdodlarni yod etib...” mavzusida adabiyot, she'riyat bayramlari, mushoiralar o'tkazilmoqda. Yozuvchi va shoirlar, ma'naviyat va adabiyot fidoiylari ishtirokidagi ushbu tadbirlarda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiy merosining ahamiyati keng tushuntirilmoqda.

Shuningdek, oylik davomida umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari o'rtasida “Navoiy va Bobur asarlarida xalq manfaatlari, insonparvarlik g'oyalarining tarannum etilishi” mavzusida taqdimotlar, o'quvchilar o'rtasida “Biz Navoiy va Bobur ijodini qanchalik bilamiz”, “Navoiy va Bobur asarlari o'quvchilar nigohida”, “Bir g'azal tahlili” mavzusida bilimdonlar bellashuvlari, yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida “Navoiy asarlaridan olgan taassurotlarim”, “Navoiy lirikasi shaydosiman”, “Farhod men sevgan qahramon”, “Boburnomani o'qib...”, “Bobur ruboiylaridan olgan taassurotlarim” kabi mavzularida ijodiy insholar tanlovi o‘tkazilmoqda. Qolaversa, 9-fevral kuni respublikamizdagi umumta'lim maktablarida “Navoiy buyuk siymo, Bobur dilbar shaxs” mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan shoir va yozuvchilar, Navoiy va Boburshunos olimlar, san'atkorlar ishtirok etadi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodning bilim va saviyasi, tafakkurini yanada kengaytirish va boyitishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Oylik doirasida Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi farmoyishiga asosan maktablarda kitob ko'rgazmalari tashkil qilinib, taniqli yozuvchilar, yosh ijodkorlar va o'quvchi-yoshlar ishtirokida adabiy-badiiy kechalar o'tkaziladi.

Shuningdek, navqiron avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida ilk bor “Olamni kitoblarga to‘ldiramiz” shiori ostida “Kitoblar estafetasi” tadbiri tashkil etiladi. Unga ko'ra, o‘quvchilarga milliy va jahon bolalar adabiyotining nodir asarlari mutolaa uchun taqdim qilinadi. O‘quvchi kitobni o‘qib bo‘lgach, uni o‘zining eng yaqin o‘rtog‘iga, u esa boshqa o'rtog'iga taqdim etadi va shu tarzda o'quvchilar orasida kitob galma-gal aylanib chiqadi va undan barcha o'quvchilar bahramand bo‘lishadi.

Mazkur ma'rifiy tadbirlar yosh avlod bilimini boyitish, tafakkurini charxlash, ma'naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga, kitobga bo'lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati

 

Просмотров: 812 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Fevral 2017  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2024 Бесплатный хостинг uCoz