Yakshanba, 15.06.2025, 21:21
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2014 » Fevral » 7 » A Navoiyning tavalludi
16:33
A Navoiyning tavalludi
Navoiy

Alisher Navoiy tavalludiga 573 yil tolishi munosabati bilan ayni kunlarda maktabimizda buyuk bobokalonimizni yod etib otkaziladigan tadbirga qizgin tayyorgarlik korilmoqda. Mamlakatimizda har yili Alisher Navoiy tavallud topgan kun keng nishonlanadi. Ulug‘ shoirimiz shaxsiga bo‘lgan qiziqish, unga bo‘lgan ehtirom yildan-yilga o‘sib bormoqda. Navoiyga o‘z zamonida ham butun Sharqda juda katta qiziqish bilan qaralgan va G‘arbda ham buning aks-sadolari ko‘ringan. Ulug‘ shoirga ehtirom u tavallud topgandan keyin o‘tgan asrlarda hech susaygan emas, aksincha ko‘tarilib borgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida Navoiyga ko‘rsatilayotgan e’zozu ehtiromni sohibqiron Amir Temurga ko‘rsatilayotgan hurmat-izzatdan keyingi ikkinchi o‘rinda, deb aytish mumkin.

Ma’lumki, Amir Temur har qanday saltanatda bo‘lganidek, atrofiga o‘z diyori, o‘z yurtidagi ishonchli odamlarni ko‘proq yig‘adi. Lutfiyning ota-bobolari, Navoiyning ota-bobolari bir paytlar Samarqand atrofida jamlanishgan. Bular Shahrisabzdan kelganmi, Kitobdan yoki Buxorodan kelishganmi, balki Samarqandning o‘zidanmi — biz buni faqat taxmin qilamiz. Va biz bilamizki, Amir Temur vafot etganidan keyin, uning o‘g‘li Shohrux Mirzo poytaxtni Samarqanddan Hirotga ko‘chiradi. Tabiiyki, poytaxt ko‘chganda saroy ahli: olimlar, a’yonlar, shoirlar, san’atkorlar — katta bir jamoa Samarqanddan Hirotga ko‘chadi. Navoiyning ota-bobolari vaqtida shu yerdan o‘sha tomonga borib qolgan. Bu ham bizga Navoiyning bevosita daxli borligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, Navoiyning tili boshqa qardosh turkiy xalqlar tillaridan ajralib turadi, bizning tilimiz ko‘rki aks etgan. Asarlarining butun ruhi bizning Zarafshon vohamiz, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand — shu atrofdagi lahjaga yaqin. Bir paytlar Navoiy tilini turk tiliga, ozar yoki uyg‘ur tiliga yaqin, degan birodarlarimiz ham bo‘ldi. Bu gaplar noto‘g‘riligini ulug‘ shoirimiz asarlarini qayta-qayta o‘qiganda chuqur his etasiz. Uchinchidan, Navoiy g‘azallariga Sharqda juda ko‘p shoirlar, ayniqsa, turkiy xalqlarning shoirlari muxammaslar bog‘lashgan. Lekin eng ko‘p muxammasni bizning shoirlar yozgan. Ana shu muxammaslarning o‘zi Navoiy ijodining shoirlarimiz faoliyatida davomdorligini ko‘rsatadi.

Просмотров: 1106 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Fevral 2014  »
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2025 Бесплатный хостинг uCoz