Seshanba, 11.11.2025, 09:06
emblemaParkent tuman XTB tasarrufidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Saytga kirish Гость | Gurux "Гости" | RSS
Bosh profil Chiqish
Sayt menyusi

Xozir saytda

Jami onlineda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Valyutalar kursi
O'zbek so'mi Узбекский сум валюта Узбекистана
(RUB)//-//
(EUR)//-//
(USD)//-//
Главная » 2015 » Oktabr » 18 » 21 oktabr “Davlat tili haqida"
09:14
21 oktabr “Davlat tili haqida"

O‘zbekiston  Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonuni 1989 yili 21oktabrda qabul qilindi. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili – davlat tiliga e’tibor  kuchaydi va ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi  kengaydi. O‘zbek  tilining taraqqiyoti  va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.

1995  yilning 21 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning to‘rtinchi moddasida yozilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan.

O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo’rlik qilish, uning iste’mol doirasini  kengaytirib borish davlatimiz  fuqarolarining burchi  sanaladi.  Xususan, har bir yosh,  o‘quvchi  va talaba ona tilidagi  so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi  foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning  fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng  bo’ladi.                     

Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi.

Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan avlodga yetkaziladi . Til - millat ruhining ko‘zgusidir. Til millatning bor yo‘g‘i  o‘y – fikri, dunyoqarashi, orzu – umidlari, Vatani, his tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z , uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.

Til yahlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik  jihatdan, ohang vositasida va mantiqan o‘zaro bog’lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.

Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy – madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy   hodisadir.                  

ENG BUYUK QADRIYAT

Alla bilan shuurimizga singgan, g‘azal kabi sabog‘imizga  ingan, joni dilimizga aylangan  ona tilimizni “Davlat tili “deb e’lon qilinganiga 26 yil bo‘ldi . Ona tilimiz bilan birga milliy an’analar urf – odatlar tiklandi. O‘zbek tili - xalqimizning millatimizning bebaho boyligiga aylandi. U yillarni yillarga asrlarni asrlarga bog‘ladi, ajdodlarni avlodlarga tanishtirdi. Ona tili – bu eng buyuk qadriyatlarimizdan biri.

Tarixda Amir Temur bobomizdan boshlab barcha temuriylar ona tilimizni rivojlantirib, yuksak davlat maqomini ta’minlagan ekanlar. Amir Temur haqida asarlarda u kishi hamisha ilm   va ma’rifat ahlini , hunarmandlarni  nihoyatda izzat – hurmat qilgani ular bilan hamsuhbat bo‘lishga intilgani haqida hikoya qilinadi. Nima uchun, degan savol tug‘ulishi tabiiy. Chunki, Amir Temur nafaqat ona tilimizni, balki ko‘plab qo‘shni davlatlar  tilini ham yahshi bilgan va bu tillarda hech qiynalmay so‘zlasha olgan ekan. U qaysi mamlakatga bormasin o‘sha erning ziyo‘li kishilaridan har sohaning o‘ziga xos ilimini,siru –sinoatini, nozik jihatlarini  o‘rgangan. Shu orqali diniy va dunyoviy bilimini tafakkurini yanada oshirib borgan.

Tarixiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘sha davrda ham o‘zini anglagan komil insonlar til bilishga , chiroyli, go‘zal muomila-munosabatlarga intilib yashagan ekanlar.

Alisher Navoiyning badiiy barkamol, chuqur mazmunli baytlari shu darajada yuksak ifoda mahsuli bo‘lganki ularning har biri hikmat darajasiga ko‘tarilgan.

Shu bois ham asrlar osha bu shoh satirlarning qadr – qimmati yanada oshadi.

Alisher  Navoiy o‘zbek tilining 150 ming so‘zdan iborat lug‘aviy boyligidan 26 mingtasini  o‘z ijodida  qo‘llab tilimizning butun kuch – qudratini namoyon etgan ekan.

Ha, ona tilimizning barhayotligini har kuni, har lahzada his etib yashayapmiz.

U, tufayli uzoq o‘tmishni angladik, u, tufayli O‘zbekistonning  buyuk kelajagini tasavvur eta olamiz.

Просмотров: 2507 | Добавил: Baxodir | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish uslubi

Saytdan izlash

Taqvim
«  Oktabr 2015  »
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Arxiv

Foydali saytlar
  • ZIYONET
  • XTV sayti
  • Respublika ta'lim markazi
  • Axborot - ta'lim portali
  • Parkent tumani sayti
  • Hukumat portali
  • Bolalar kutubxonasi
  • Tashxis markazi


  • Copyright MyCorp © 2025 Бесплатный хостинг uCoz